Reynders "Milan"ga qo'shimcha 14 million yevro keltirishi mumkin
MilanAC ↗ ●●●●○ Transfer 👁 8

Reynders "Milan"ga qo'shimcha 14 million yevro keltirishi mumkin

Tijani Reyndersning shartnomasida "Manchester Siti" bilan bog'liq qiziqarli band mavjud: agar inglizlar futbolchini 2030-yilgacha sotib yuborsa, "rossonerilar" avtomatik tarzda qolgan barcha bonuslarni, ya'ni 14 million yevroni qo'lga kiritadi.

Hozirda "Siti" futbolchi transferi bo'yicha "Al-Qodisiya" bilan taxminan 60 million yevro evaziga muzokaralar olib bormoqda.

Agar kelishuv amalga oshsa, "Milan" Reyndersning Manchesterdagi sport natijalaridan qat'i nazar, qo'shimcha 14 million yevroga ega bo'ladi. 🔴⚫💸

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!