📰 A BOLA xabariga ko'ra, «Benfika» Suffian El-Karuanini qo'lga kiritish bo'yicha urinishlarni qayta boshladi va transfer oynasi yopilgunga qadar chap qanot himoyachisini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Biroq, klub hali Saudiya Arabistonining «Al-Qadisiya» jamoasiga rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q. Marokashlik futbolchining amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo'ljallangan va tarkibdagi o'rni borasida cheklovlar mavjud.
Saudiya matbuoti xabarlariga ko'ra, El-Karuani yangi mamlakat va mahalliy chempionatga moslashishda qiynalmoqda. Suffian joriy mavsumda «Al-Qadisiya» safida birorta ham rasmiy o'yinda maydonga tushmadi.
Futbolchining yillik 7 million yevrolik maoshi Portugaliya klubi uchun juda yuqori hisoblanadi, bu esa kelishuvni moliyaviy tomondan murakkablashtiradi. Shunga qaramay, o'yin amaliyoti yetishmasligi, «Al-Qadisiya»da xorijlik futbolchilarning ko'pligi va Saudiya klubining vaqtinchalik yoki doimiy yechimlarga ochiqligi transferning so'nggi daqiqalarda amalga oshishi ehtimolini saqlab qolmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!