Feyenoord 2:0 AZ: Rotterdamliklar turnir jadvalida peshqadamga aylanishdi
«Feyenoord» AZ ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonib, Eredivizi turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarildi.
❤️🤍 | «Feyenoord» birinchi o'ringa chiqib oldi!
«Feyenoord» ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritib, Eredivizida peshqadamga aylandi! 8-turda rotterdamliklar AZ ustidan 2:0 hisobida ishonchli g'alaba qozonib, raqibini turnir jadvalida bir ochkoga ortda qoldirdi va birinchi o'ringa ko'tarildi!
⚽️ Gollar: Nacho Ferri (assistsiz, 13' — 1:0); Xavi Lopes (Vanhautte, 59' — 2:0).
Ketma-ket uchta g'alaba, 14 ta urilgan gol va o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolish! «Feyenoord» ajoyib sport formasida va endi chempionatda yakka peshqadamlik qilmoqda!