Xavi Lopes «Feyenoord» nishonida
«Real Sosedad» himoyachisi Xavi Lopes «Feyenoord»ga o'tishi mumkin. Rotterdam klubi futbolchini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.
1908NL xabariga ko'ra, «Real Sosedad» chap qanot himoyachisi Xavi Lopes «Feyenoord» uchun nomzod hisoblanadi. 24 yoshli ispaniyalik futbolchi «Sosedad»da asosiy tarkib o'yinchisi emas va Ispaniya klubi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Ayni damda Rotterdam klubi Lopesni ijaraga olish imkoniyatini o'rganmoqda. «Feyenoord» allaqachon Ispaniya tomoni bilan bog'langani aytilmoqda.