Tijani Reynders rasman «Manchester Siti»dan «Al-Qadisiya»ga 61 million yevro evaziga o'tdi.
Bir yil avval «Milan» niderlandiyalik futbolchini Manchester klubiga 54,9 million yevro hamda 14 million yevro bonuslar evaziga sotgandi.
Shartnomada quyidagi band bo'lgan: Reynders 2030-yilgacha sotib yuborilsa, «Milan» barcha bonuslarni darhol qo'lga kiritadi.
Shu tariqa, «rossonerilar» qo'shimcha 14 million yevro ishlab olishi mumkin.
Yakuniy tasdiq moliyaviy hisobotlar e'lon qilinganidan so'ng ma'lum bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!