Tijani Reynders "Manchester Siti"dan ketish sababini tushuntirdi
Манчестер Сити ↗ ●●●●● Matbuot 👁 17

Tijani Reynders "Manchester Siti"dan ketish sababini tushuntirdi

Tijani Reynders "Manchester Siti"dan ketish sababini ochiqchasiga tushuntirib berdi:

Men futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin ishlashni xohlamayman. Albatta, agar "Manchester Siti"da qolganimda ham bunga majbur bo'lmas edim, lekin shu yo'l bilan oilamning kelgusi avlodlari kelajagini ta'minlay olaman. Yolg'on gapirmayman: agar nabiralarim shu pul evaziga yashay olsa, nega men rad etishim kerak? U yerda taklif qilinayotgan maosh... Istalgan futbolchi yoki istalgan odam uni rad etib ko'rsin-chi... Barchamiz o'zimizni yuksak prinsiplarga ega insonlardek ko'rsatib, "Men hech qachon bunday qilmagan bo'lardim" deyishimiz mumkin. Lekin o'ylaymanki, ko'pchilik odamlar o'z ish joyida maoshi oshirilganda qanday rozi bo'lsa, bu taklifga ham xuddi shunday "ha" deb javob bergan bo'lardi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!