#Timur Kapadze — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Qizilqum 0:1 Navbahor: Navoiydan muhim g'alaba

Qizilqum 0:1 Navbahor: Navoiydan muhim g'alaba

Superliganing 27-turida Navbahor safarda Qizilqumni Diyor Xolmatovning goli evaziga mag'lub etdi va 3-o'rinni mustahkamlab oldi.

O'zbekiston Superligasining 27-turidan o'rin olgan bahsni jamoamiz Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi o'tkazdi. Uchrashuv keskin kurashlar ostida boshlanib, 39-daqiqada Timur Kapadze shogirdlarining hujumi samara berdi. Muhammadali G'iyosovning chap qanotdan oshirgan uzatmasidan so'ng, Diyor Xolmatov 20 metrlar chamasi uzoqlikdan kuchli va aniq zarba yo'llab, hisobni ochdi.

45+1-daqiqada Asadbek Rahmonovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. Natijada vakillarimiz tanaffusga 1:0 hisobidagi ustunlik bilan yo'l olishdi.

Uchrashuvning 2-bo'limi ancha qiziqarli va hujumkor tarzda kechdi. Mezbonlar muvozanatni tiklash, vakillarimiz esa hisobdagi farqni yanada oshirishga intilishdi. Murabbiylar tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishdi, biroq yakuniy zarbalarga aniqlik yetishmadi. Natijada yagona gol ushbu uchrashuv taqdirini hal qildi hamda “lochinlar” Navoiydan g'alaba bilan qaytadigan bo'lishdi.

Mazkur yutuqdan so'ng, jamoamiz ochkolarini 55 taga yetkazgan holda, turnir jadvalidagi 3-o'rinni mustahkamlab oldi.

Uchrashuv tafsilotlari:

Superliga. 27-tur. 7 noyabr. Navoiy. “Yoshlar” sport majmuasi. 5443 tomoshabin.

Hakamlar: Olim To'ychiboyev, Dilshodbek Jumaniyozov, Quvondiq Doschanov, Shohinur Boymatov.

VAR hakami: Nayim Qosimov. AVAR hakami: Shohruh Maqsudov.

Nazoratchi: Konstantin Smirnov. Komissar: Feruzbek G'aniyev.

Gol: Diyor Xolmatov (39).

“Qizilqum”: Farhod Rahmatov, Ilhomjon Vahobov, Fayzullobek Jumanko'ziyev, Shahzodbek Rahmatullayev, Shahzod Turopov, Nikola Kumburovich, Samandar Shukurillayev (S), Nodirxon Ne'matxonov, G'iyosjon Rizaqulov, Duglas Maykon, Otabek Jo'raqo'ziyev.

“Navbahor”: O'tkir Yusupov (S), Islombek Mamatkazin, Dilshodjon Komilov, Ruslanbek Jiyanov, Diyor Xolmatov, Husayn Norchayev, Muhammadali G'iyosov, Asadbek Rahmonov, Jasurbek Jaloliddinov, Giorgi Jgerenaya, Muhammadqodir Hamraliyev.

Superliga: Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomzodlari e'lon qilindi

Superliga: Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomzodlari e'lon qilindi

Superligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar ro'yxati e'lon qilindi.

⚽️ Superliga. Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi (nomzodlar)

🟡 Kamoliddin Tojiyev (Paxtakor) — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 8:2

🔵 Ro‘ziqul Berdiyev (Nasaf) — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 13:3

🟡 Mirjalol Qosimov (OKMK) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 4:4

🔵 Timur Kapadze (Navbahor) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 8:4

🟡 Anvar G‘ofurov (Surxon) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 3:3

O'ng ustun yangiliklari

Superliga: Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar ma'lum

Superliga: Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar ma'lum

O'zbekiston Superligasida oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar e'lon qilindi.

Superliga. Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi (nomzodlar)

🔵 Aleksandr Xomyakov (Buxoro) — 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 6:4

🟡 Mirjalol Qosimov (OKMK) — 4 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 7:4

🔵 Timur Kapadze — 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 6:4

🟢 Islombek Ismoilov — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 9:5

Timur Kapadze Namangan davlat texnika universiteti talabalari bilan uchrashdi

Timur Kapadze Namangan davlat texnika universiteti talabalari bilan uchrashdi

Navbahor bosh murabbiyi Timur Kapadze Namangan davlat texnika universiteti talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Jamoamiz bosh murabbiyi Timur Tohirovich Kapadze NAMDTU talabalari bilan ucharashuvda ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda universtitet talabalari o'zlarini qiziqtirgan savollarga murabbiydan javob olishdi. Muloqot davomida jamoamiz bosh murabbiyining futbolchilik faoliyati ham yodga olindi. Uchrashuv yakunida NAMDU rektori Oybek Karimovich Ergashev bosh murabbiy Timur Tohirovich Kapadzega esdalik sovg'asini taqdim etdi.

Ps: Mazkur uchrashuv, NAMDTU da taqsil olayotgan jamoamizning ashaddiy muxlislari bo'lgan talabalarning iltimosiga binoan tashkil etildi.

Navbahor - Nasaf (1:0) o'yinidan keyin Timur Kapadze fikrlari

Navbahor - Nasaf (1:0) o'yinidan keyin Timur Kapadze fikrlari

Navbahor PFK matbuot xizmati xabariga ko'ra, bosh murabbiy Timur Kapadze Navbahor - Nasaf (1:0) uchrashuvidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Navbahor PFK matbuot xizmati xabariga ko'ra, jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadzening Navbahor - Nasaf (1:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanidagi fikrlari:

Jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadzening "Navbahor" - "Nasaf" (1:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanidagi fikrlari.