Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

FC Surxon — yangiliklari

FC Surxon va bog'liq yangiliklar

Surxon — Qo‘qon 1912 uchrashuvi sanasi va manzili o‘zgardi

Surxon — Qo‘qon 1912 uchrashuvi sanasi va manzili o‘zgardi

Superliganing 22-turidan o‘rin olgan Surxon — Qo‘qon 1912 uchrashuvi sanasi va o‘tkazilish joyi o‘zgardi.

“Surxon” — “Qo‘qon 1912” uchrashuvi sanasi va manzili o‘zgardi

Ma’lum qilamizki, “Surxon” professional futbol klubi joriy mavsumdagi uy uchrashuvlarini Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida o‘tkazib kelmoqda.

Superliganing 22-turidan o‘rin olgan “Surxon” — “Qo‘qon 1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv dastlab 21-sentyabr kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida o‘tkazilishi belgilangan edi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi, “Surxon PFK” hamda “Qo‘qon 1912 PFK” o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga asosan mazkur uchrashuvning sanasi va o‘tkazilish joyiga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, uchrashuv 20-sentyabr kuni Toshkent shahridagi JAR stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Barcha futbol muxlislarini jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga taklif etamiz!

Neftchi 2:1 Surxon: Farg'onada mezbonlar g'alaba qozondi

Neftchi 2:1 Surxon: Farg'onada mezbonlar g'alaba qozondi

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Neftchi" va "Surxon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda farg'onaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Neftchi" va "Surxon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Istiqlol stadionida bo'lib o'tgan bahsda farg'onaliklar 2:1 hisobida g'alabani tantana qilishdi.

Uchrashuvdan olingan fotolavhalar taqdim etildi.

Surxon 0:1 Guliston: O'zbekiston kubogidagi yurish yakunlandi

Surxon 0:1 Guliston: O'zbekiston kubogidagi yurish yakunlandi

O'zbekiston kubogi 1/8 finalida Surxon Guliston jamoasiga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.

O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichi doirasidagi bahs yakunlandi. Unda Surxon jamoasi Guliston klubiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv 0:1 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol muallifi 52-daqiqada Umrzoqov bo'ldi. Shu tariqa, Surxon jamoasining kubokdagi ishtiroki ushbu bosqichda o'z nihoyasiga yetdi.

Paxtakor hakamlar qaroridan norozi bo'lib, shikoyat kiritdi

Paxtakor hakamlar qaroridan norozi bo'lib, shikoyat kiritdi

Paxtakor klubi hakamlarning bahsli qarorlari yuzasidan norozilik bildirib, VAR audioyozuvlarini ochiqlashni talab qildi.

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Surxon" o'yinining 90+3-daqiqasida Hojimat Erkinov tomonidan urilgan gol hakamlar tomonidan bekor qilindi. "Paxtakor" jamoasi kamerasidan olingan kadrda ofsayd yo'qligi ko'rinib turibdi. Uni e'tiboringizga yana bir bor taqdim etamiz. Golni bekor qilish jarayonida VAR tizimi orqali hakamlarning qanday muloqotda bo'lgani biz uchun qiziq. Ofsayd ehtimoli bor futbolchi to'g'ridan-to'g'ri to'pga o'ynamagan, darvozabon to'pni bemalol qarshiliksiz to'xtatib, tepib yuborish jarayonida xatoga yo'l qo'ygan. Bu holatda o'yin davom ettirilib, navbatdagi holatga (faza) o'tib ketgani sababli golni VAR orqali bosh hakam o'zi ko'ribgina bekor qilishi mumkin - futbolchining raqibga xalal berish holati bo'yicha (o'yindan tashqari holat bo'lgan holatda). Qoidalarga ko'ra, himoyalanayotgan jamoa futbolchisi to'pga ongli o'ynagan-o'ynamaganini aniqlashda bosh hakam monitor oldiga chaqirilishi kerak.

To'p uzoq masofadan aniq ko'rinib turgan holda yetib kelgan, sekin harakatlangan, himoyalanayotgan jamoa futbolchisi to'pni nazorat qilish va tana harakatini muvofiqlashtirish uchun yetarli vaqtga ega holatda ofsaydni aniqlash VAR protokoliga ko'ra, bosh hakamni monitorga chaqirish orqali bekor qilinishi mumkin.

Biroq VAR hakami bu golni qanday qilib bekor qilgani bizga qorong'u. Agar biz shaffoflik, ochiqlik bilan ishlayotgan bo'lsak, unday holda VAR audioyozuvlarining O'zFHM tomonidan e'lon qilinishini kutamiz. PFLdan ham bu masalada ko'mak kutamiz, chunki PFL klublar huquqini himoya qilishda ishtirok etishi lozim. O'zbek futbolida adolat, ochiqlik va shaffoflikni istasak, unda har bir o'yinda muhokamalarga sabab bo'lgan holatlar audioyozuvlari ochiqchasiga taqdim etilsin.

Hakamlar tayinlanuvi borasida ham savollar yetarlicha. 5 yilga futboldan chetlatilgan va uzoq vaqt o'yinlarni boshqarish amaliyotisiz yurgan Jasur Muxtorov 2026-yilning o'zida, hakamlikka qaytganining to'laqonli birinchi yilida hozirgacha 11 bellashuvda bosh hakam sifatida ishladi. Birinchi mavsumning o'zida bunchalik ko'p o'yinlarda ishlash jahon darajasidagi hakamlarga ham nasib etmagan. O'yin davomida u futbolchilarimizga nisbatan ishlatilgan bir necha qo'polliklarni e'tiborsiz qoldirdi. Muxtorov 2 tur avval Toshkentda "Buxoro"ga qarshi bellashuvda raqib qo'pollik ishlatib urgan golni VARda ishlaganda inobatga olgandi. "Surxon" bilan bellashuvda VAR hakami Ravshan Abduvohidov 3 tur oldin jamoamiz ishtirokidagi o'yinda raqibning ko'plab qo'polliklarini e'tiborsiz qoldirgandi. Kecha VAR orqali chiqargan noto'g'ri qarori "Paxtakor"ni muhim ochkolardan mahrum qildi.

Hakamlar, ularning darajasi, ularning qanchalik vijdonan ishlayotgani hakamlik ishini tahlil qiluvchi va javobgar tashkilotlar tomonidan ko'rib chiqilib, bu borada ochiq bayonot berilishiga chaqiramiz.

Bog'liq yangiliklar

Navbahor klubi muxlisi vafot etdi

Navbahor klubi muxlisi vafot etdi

Superliga 16-turi doirasidagi Surxon — Navbahor uchrashuvi boshlanishi oldidan Navbahor klubining fidoyi muxlisi Abdullo Ahmedov vafot etdi.

Superliga 16-turi doirasidagi Surxon — Navbahor uchrashuvi boshlanishi oldidan Navbahor klubining fidoyi muxlisi Abdullo Ahmedov stadionda vafot etdi.

Marhumning yaqinlari va namanganlik futbol ixlosmandlariga ushbu judolik yuzasidan chuqur hamdardligimizni izhor etamiz!

Surxon yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazdi

Surxon yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazdi

Surxon klubi AQShlik hujumchi hamda Oqtepa safida o'ynagan ikki futbolchini o'z tarkibiga qo'shib oldi.

🟡 Surxon klubi AQShlik hujumchini o'z safiga qo'shib oldi. Shuningdek, termizliklar birinchi davrani Oqtepa klubida o'tkazgan ikki futbolchini ham Liga ro'yxatidan o'tkazdi.