Mo‘minxon Bahodirxonov «Surxon»ga ijaraga berildi
«Neftchi» himoyachisi Mo‘minxon Bahodirxonov mavsumning qolgan qismini ijara asosida «Surxon» safida o‘tkazadi.
Jamoamiz himoyachisi Mo‘minxon Bahodirxonov mavsumning qolgan qismida ijara asosida Superliga vakili — Termizning «Surxon» jamoasi safida faoliyat olib boradi.
Unga yangi jamoasida sog‘lik, omad va muvaffaqiyatlar, maydonda esa ko‘plab chiroyli o‘yinlar va g‘alabalar tilaymiz! 🟢