– "Mash'al"ning Pro ligaga tushib ketishiga birinchi sabab sifatida moliyaviy holat ko'rsatilmoqda. Ikkinchi sabab esa, jamoa o'z maydonini ta'mirlagunga qadar sun'iy qoplamali maydonda o'ynamadi, o'z uyida o'ynamadi. Buning uchun katta mablag' va homiy topish kerak. Maydonni ta'mirlash imkoniyatining yo'qligini bilgan futbolchilar shuning uchun o'ynamayaptimi? Joriy yilda Pro ligaga tushib ketishga mana shu holat sabab bo'ldimi?
– Keling, shundan boshlaylikki, futbol – bu kasb, to'g'rimi? Agar sizga 6 oy davomida maosh to'lashmasa, birinchidan, siz o'ynamaysiz. Ikkinchidan, mohiyatan olib qarasak, yil boshida yomon jamoa yig'ilmagan edi. Lekin pul to'lanmaganligi sababli, asosiy futbolchilarning bir qismi ariza yozib, jamoadan ketib qolishdi. Biz ularga FIFA qaroriga ko'ra haligacha pul to'layapmiz, lekin ular bu yerda o'ynashmaydi. Tabiiyki, jamoa birinchi davraning o'rtalarida hech kimsiz, futbolchilarsiz qoldi. Mavsumda o'ynashi kerak bo'lgan asosiy o'yinchilar yo'q edi. Boshqa o'rinli savol: murabbiylar aybdormi yoki futbolchilar? Mening nazarimda – futbolchilar. Men o'zim ham futbolchi bo'lganman. Tushunyapsizmi? Buni xayolimga ham sig'dira olmayman. Menga murabbiy kerak emas. Agar jamoa 11 ta o'yinda mag'lub bo'lsa, bu murabbiylarga emas, futbolchilarga bog'liq masaladir. Qanday qilib 11 ta o'yinda yutqazish mumkin? Ko'chadan oddiy odamlarni yig'ib kelsam ham, ular murabbiysiz o'zlari hech bo'lmaganda bitta o'yinda gol o'tkazmasdan o'ynashadi. Tushunyapsizmi? Bu futbolchilarga, ularning ruhiy holatiga, o'ynashni xohlash yoki xohlamasligiga bog'liq.
Albatta, bularning barchasi zamirida moliyaviy holat turibdi. Men ham futbolchi bo'lganman va bizga yarim yil pul to'lashmaganida, menda ham o'ynashga unchalik ishtiyoq bo'lmagan. Qanday o'ynaysiz? Uyda oilangiz, ikkita farzandingiz bo'lsa va fikringiz shu yerda emas, u yerda yeyishga ovqat yo'qligida bo'lsa, qanaqa futbol, qanaqa mashg'ulot bo'lishi mumkin? Shu uchun futbolda va har qanday professional sportda asosiy narsa – bu pul. Tabiiyki, biz shu orqali ro'zg'or tebratamiz. Qolaversa, futbolchining faoliyati qisqa – bor-yo'g'i 15 yil. Agar hozir pul ishlab topmasangiz, qachon topasiz? Yaxshisi, darhol biznes bilan shug'ullangan ma'qul. Bu mening fikrim. Shu uchun har qanday ishda mayda-chuydalar bo'lmaydi. Moliya, mehnatga layoqatlilik, mehnatsevarlik va hokazo – bularning barchasi bir-biriga bog'liq bo'lishi kerak. Birortasi ishdan chiqsa, ish yurishmaydi, bu umuman boshqa ishga aylanib qoladi. Tushuntira oldimmi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!