Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Mash`al — yangiliklari

Mash`al va bog'liq yangiliklar

Sergey Lushan: «Imkoni boricha jamoani Superligada saqlab qolishga harakat qilamiz»

Sergey Lushan: «Imkoni boricha jamoani Superligada saqlab qolishga harakat qilamiz»

Mash'al bosh murabbiyi Sergey Lushan jamoaning Superligadagi qiyin ahvoli va tarkibni yangilash jarayoni haqida gapirdi.

«Mash'al» — «Andijon» bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida qatnashdi.

Fikr bildirish qiyin. O'yinimiz o'xshamadi. Maydonga tushishyapti, ammo qo'lidan hech nima kelmayapti. Bu intellekt saviyamiz shunday. Keyin nima bo'ladi, bilmayman. Raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman. Rostini aytsam, tabriklayverib, o'zim ham charchadim. Shunga qaramay, bugungi o'yinda ijobiy jihatlar ham bo'ldi. Biz tarkibni taxminan 80 foizga yangilash yo'lidan boryapmiz. Bugun ko'rgan bo'lsangiz kerak, maydonga juda yosh futbolchilarni, hali bolaligicha bo'lgan yigitlarni tushirdik. Ulardan har biri, jumladan, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o'zini munosib ko'rsata oldi. Yana bir yigit esa markaziy himoyachi. Biz motivasiyasi bor shu futbolchilarga tayanamiz.
Mening tushunishimcha, tajribali futbolchilarda motivasiya deyarli butunlay yo'qolgan. Bunga sabab bo'layotgan ayrim holatlarni men ham tushunishga harakat qilaman. Bu haqda avval ham gapirganman, shuning uchun yana qaytib o'tirishni istamayman. Agar futbolchilarga yetib borolmasak, ularni ishontirolmasak, tushuntira olmasak, nima qilaman? Axir, faqat biz emas, boshqa klublarda ham shunday vaziyatlar bor. Ba'zi paytlarda sabr qilish kerakligini tushunish lozim.
Hozircha ularga yetib borolmayapmiz. Nima qila olaman? Men ularni ham tushunishga harakat qilaman. Har holda, biz hammamiz Xudoning panohida yuribmiz. Imkoniyat hali bor. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Hozircha biz izlanishdamiz. Nimani sinab ko'rmaylik, o'xshamayotgan paytlar bor. Buning faqat ikki xil izohi bor, deb o'ylayman. Yoki bu yerda yig'ilgan futbolchilarning salohiyati shu daraja — ular bundan ortig'iga qodir emas. Yoki bu vaziyatning yarim yildan beri futbolchilar faqat bazada yashab, mashg'ulot o'tkazayotgani bilan bog'liq tomoni bor. Ular pul degan tushunchaning o'zi qanday ko'rinishda bo'lishini ham unutib qo'yishgan, shekilli. Balki ikkalasi ham ta'sir qilayotgandir. Balki ham u sabab, ham bu sabab bordir. Lekin buning bizga yengilligi yo'q.
Yana bir bor aytaman: oldimizda ikki vazifa bor edi. Birinchisi — imkoni boricha jamoani Superligada saqlab qolishga harakat qilish. Agar buning uddasidan chiqa olmasak, keyingi mavsum uchun yangi jamoa shakllantirish. Hozir, asosan, shu ish bilan shug'ullanyapmiz.
O'ylaymanki, keyingi o'yinda ham sizlar hali hech qachon ko'rmagan yana ikki nafar futbolchini maydonda ko'rasiz. Bugun uch nafar yangi futbolchi o'ynadi. Keyingi bahsda yana bir-ikki nafar futbolchini sinab ko'ramiz. Ya'ni, tarkibni bosqichma-bosqich 80 foizga yangilashga o'tamiz. Albatta, biz majbur bo'lib qo'yayotgan pozisiyalar ham bor. Aslida bizga ma'qul bo'lgan ikki-uchta pozisiya bor. Qolgan pozisiyalarda esa yo o'yinchilarning imkoniyati yetmayapti, yoki ularning xohishi yo'q. Shuning uchun tarkibni o'zgartirishga majburmiz. Boshqa variantimiz yo'q.
Jamoa Superligada qoladimi yoki yo'qmi — buni yolg'iz Xudo biladi. Har holda, imkoniyatimiz butunlay tugagani aniq bo'lmaguncha ishlashda, harakat qilishda, nimadir o'ylab topishda va izlanishda davom etamiz.
Bilasizmi, nimadir o'ylab topish juda qiyin. Ayniqsa, mavsumoldi yig'inlar bo'lib, yangi futbolchilarni olib kelish imkoniyati bo'lganda, muammoni hal qilish osonroq. Futbolchini almashtirishingiz, boshqasini olib kelishingiz mumkin. Bizda esa bor narsa shu. Qo'limizdagi futbolchilar bilan ishlashga harakat qilyapmiz. Ularga ham tushuntiryapmiz: boshqa futbolchilarimiz yo'q. Agar hammamiz birga bo'lsak, demak, bir maqsad sari birga harakat qilishimiz kerak. Hozir esa bizda shunday vaziyat: kimdir xohlayapti, lekin qodir emas; kimdir qodir, lekin xohlamayapti. Hozircha mana shu holatni bir joyga yig'ishning uddasidan chiqa olmayapmiz. Shunga qaramay, yaxshi jihatlar bormi? Ha, bor. 👍
Muhammadbobur Mo'ydinov «Mash'al» bilan shartnoma imzoladi

Muhammadbobur Mo'ydinov «Mash'al» bilan shartnoma imzoladi

Muhammadbobur Mo'ydinov «Mash'al» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Himoyachi avval «Navbahor» safida to'p surgan.

«Mash'al» yana bir o'zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qiladi.

Muhammadbobur Mo'ydinov endi «Mash'al» sharafini himoya qiladi. 2004-yil 3-yanvarda tug'ilgan futbolchi o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasida o'ynaydi, shuningdek, markaziy himoyada ham harakat qila oladi.

Mo'ydinovning avvalgi jamoasi «Navbahor» bo'lgan. U 2025-yilgi Superliga bahslarida «Navbahor» safida maydonga tushib, jumladan, «Mash'al»ga qarshi uchrashuvda ham ishtirok etgan.

Xush kelibsan, Muhammadbobur!

Bog'liq yangiliklar

So'g'diyona bosh murabbiyi Mash'al ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi

So'g'diyona bosh murabbiyi Mash'al ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi

So'g'diyona bosh murabbiyi Mash'alga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va jamoasining o'yiniga baho berdi.

Biz bugungi uchrashuv strategik jihatdan juda muhim va kerakli ekanini bilardik. Yigitlarni faqat gʻalabaga tayyorlagan edik. Oʻyinga keladigan boʻlsak, tezkor gol urdik. Keyin esa maʼlum vaqt, taxminan 20 daqiqalar davomida «Mashʼal» jamoasi toʻliq oʻyinga kirishib, agressiv harakat qildi va koʻplab xavfli vaziyatlar yaratdi. Nazarimda, ular 3–4 ta toʻp kiritishi ham mumkin edi. Biroq himoyada yigitlar vazifasini uddaladi, darvozabon ham ajoyib oʻynadi. Keyin biz yana ikkita gol urdik, soʻng toʻp oʻtkazib yubordik. Lekin umuman olganda, bugungi gʻalabaga toʻla loyiq edik. Yigitlarga oʻyinga borini bergani va koʻrsatgan oʻyini uchun minnatdorchilik bildiraman. Endi navbatdagi bahsga tayyorgarlik koʻramiz.

Bugun yirik hisob qayd etildi. Oʻyin voqealari bunday rivojlanishini kutganmidingiz?
Bunday oʻyinni hech qachon oldindan bashorat qila olmaysiz. Chunki futbol oldindan aytib boʻlmaydigan oʻyin: u ijobiy tomonga ham, salbiy tomonga ham burilib ketishi mumkin. Shu bois yaratilgan vaziyatlarning aksariyatidan unumli foydalanganimiz ham hujumda, ham himoyada oʻyinimizni ancha yengillashtirdi.
Murabbiy klubdagi moliyaviy muammolar haqida gapirdi

Murabbiy klubdagi moliyaviy muammolar haqida gapirdi

Murabbiy mag'lubiyatdan so'ng klubdagi moliyaviy qiyinchiliklar, oyliklar kechikayotgani va jamoadagi jiddiy muammolar haqida gapirib o'tdi.

Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Ular haqli tarzda yutishdi. Ikkita qo'pol xatomizdan foydalanishdi. Nimadir deyish qiyin. Teng o'yin bo'ldi va bir jamoa g'alabaga erishdi.

- Bugungi mag'lubiyatda jamoadan nimalar yetishmayotganini ko'rdingiz?

- Bizning ro'yxatimizda faqatgina yetishmovchiliklar bor. Ko'ngil to'layotgan hech narsa yo'q. Klubdagilar anchadan beri oylik olmayapti. Bunday holatda futbolchilarni ham to'g'ri tushunaman va ulardan biror nimani talab ham qila olmayman. Tanaffusda deyarli hech qanday ishlar qila olmadik va shu tarzda mavsumni yakunlashga majburmiz. Bizda faqat muammolar bor va buni sanash uchun soatlab vaqt kerak. Klubda juda katta muammolar bo'lgani uchun jadvalda chiroyli bo'lmagan joyda turibdi. Barchasiga qaramasdan o'ynashga harakat qilamiz. Bir qancha yaxshi harakatlarimiz bo'ldi. So'nggi soniyalargacha umid qilamiz.