Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

FC Andijan — yangiliklari

FC Andijan va bog'liq yangiliklar

Branko Chirich «Andijon»ni tark etdi

Branko Chirich «Andijon»ni tark etdi

«Andijon» klubida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bo'lib ishlagan Branko Chirich oilaviy sabablarga ko'ra jamoani tark etdi.

Joriy mavsum boshidan beri «Andijon» klubida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ishlab kelgan mutaxassis Branko Chirich o'z yurtiga qaytib ketdi.

U bilan tuzilgan mehnat shartnomasi esa o'zaro kelishuvga asosan bekor qilindi. Chirich oilaviy sabablarga ko'ra o'z ixtiyori bilan ketishni ma'qul ko'rdi.

Biz Brankoga jamoamizda olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!

Aleksandr Andronikashvili jarohati va davolanish jarayoni haqida gapirdi

Aleksandr Andronikashvili jarohati va davolanish jarayoni haqida gapirdi

«Andijon» yarim himoyachisi Aleksandr Andronikashvili jarohati va reabilitatsiya jarayoni haqida gapirib berdi.

Aleksandr Andronikashvili: «Dunyoning eng buyuk klublari ham shunday muxlislarga ega bo'lishni orzu qilsa kerak»

«Andijon»ning gruziyalik tayanch yarim himoyachisi Aleksandr Andronikashvili o'z o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongani shubhasiz. Shu bois u jamoada o'z o'rniga ega bo'ldi. Biroq futbolda jarohat degan yoqimsiz holat ham bo'lib, bu har bir o'yinchi bilan sodir bo'lishi mumkin.

Afsuski, Andronikashvilida ham aynan jarohat yuz berdi va natijada davolanish uchun Gruziyaga yo'l olishiga to'g'ri keldi. Unga oyog'idagi chov sohasining yallig'lanish sindromi tashxisi qo'yilgan bo'lib, futbolchi aynan shu yo'nalishda davolanish jarayonida. E'tiborlisi, Gruziya terma jamoasi shifokori futbolchimizni davolamoqda. Albatta, klub shifokori ham futbolchi bilan doimiy aloqada va nazorat qilib bormoqda.

O'z navbatida Aleksandr Andronikashvili jarohati bo'yicha klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Sandro yaxshimisiz? Jarohatingiz sababli Gruziyada davolanib kelmoqdasiz. Ayting-chi, davolanish jarayoni qanday davom etmoqda?
- Assalomu alaykum. Ha, hozir Gruziyada va eng yaxshi shifokorlar nazorati ostida reabilitatsiya jarayonini o'tayapman. Barcha zarur muolajalarni olmoqdaman. Buning sababi — Andijonda bunday imkoniyatlar mavjud emas
- Aslida bu jarohat qachon sodir bo'lgandi?
- Bu jarohatni Urganchning «Xorazm» jamoasiga qarshi o'yinda olganman.
- Umuman olganda, o'zingizni qanday his qilyapsiz va jamoaga qachon qo'shilasiz?
- O'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Allaqachon reabilitatsiya mashqlarini boshladim. Yaqin orada jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishishimga umidim katta. Albatta, bu reabilitatsiya jarayoni qanday kechishiga bog'liq.
- Muxlislar sizni qo'llab-quvvatlagan holda tezroq qaytishingizni kutishmoqda. Ular uchun nima deya olasiz?
- Muxlislarga chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Chunki ularning ulkan qo'llab-quvvatlashini doimo his qilib turaman. Maydonga qaytib, ularga quvonch ulashishni intiqlik bilan kutyapman. O'ylaymanki, dunyoning eng buyuk klublari ham shunday muxlislarga ega bo'lishni orzu qilsa kerak.
- Oldin ham shunday jarohat bilan davolanganmisiz?
- Ha, avval ham shunga o'xshash jarohat olganman. Shuning uchun tezroq tiklanish va imkoni boricha tezroq jamoaga yordam berish uchun qanday davolanish kerakligini yaxshi bilaman.
- Hozirda qanday muolaja va reabilitatsiya jarayonlarini olyapsiz?
SIS
TECAR
US Therapy
EMS
Manual Therapy
Kinesiotherapy
PRP

Izoh:

SIS — yuqori intensivlikdagi elektromagnit stimulyatsiya terapiyasi
TECAR — TECAR-terapiya, to'qimalarni tiklash va qon aylanishini yaxshilashga qaratilgan fizioterapiya
US Therapy — ultratovush terapiyasi
EMS — elektromiostimulyatsiya
Manual Therapy — manual terapiya
Kinesiotherapy — kinezioterapiya, harakat va maxsus mashqlar orqali reabilitatsiya
PRP — trombotsitlarga boy plazma terapiyasi.

Shuningdek, «Andijon» klubi shifokori Olimjon Ne'matov Andronikashvilining jarohati haqida shunday dedi:

«Andronikashviliga qo'yilgan diagnoz — ARS sindromi. Bu jarohatni tezda davolab yuborishning aniq va qisqa yo'li yo'q. Faqat dori-darmonlar bilan uni qisqa vaqt ichida bartaraf etib bo'lmaydi.
Bundan jarohat kompleks terapiya asosida davolanadi. Davolash jarayonida asosiy e'tibor LFK va maxsus, ya'ni spesifik mashqlarga qaratiladi. Qolgan muolajalar esa asosan simptomatik davolashdan iborat. Andijonda esa PRP va TECAR terapiyasi kabi davolash usullaridan foydalanish imkoniyati bo'yicha ayrim muammolar bor.
Umuman olganda, bu jarohatni davolash ma'lum vaqt talab qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri — ushbu sohaning anatomik jihatdan o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanidir».
Andijon 1:4 Nasaf: Qarshiliklar yirik g'alabaga erishdi

Andijon 1:4 Nasaf: Qarshiliklar yirik g'alabaga erishdi

Superliganing 22-turida Nasaf mehmonda Andijon ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi.

Superliga. 22-tur

Andijon 1:4 Nasaf

Gollar: Rustam Turdimurodov, 21 penalti (1:0), Adenis Shala, 38 (1:1), Abbosjon G'ulomov, 53 (1:2), Abduvohid Ne'matov, 81 penalti (1:3), Yusuf Otubanjo, 88 (1:4)

Ayollar futboli: Surxon-W 0:3 Andijanka

Ayollar futboli: Surxon-W 0:3 Andijanka

Ayollar futboli Birinchi ligasi 15-turidan o'rin olgan bahsda "Andijanka" jamoasi safarda "Surxon-W" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

Ayollar futboli. Birinchi liga. 15-tur.

Ayollar jamoamizdan safarda ishonchli gʼalaba❤️

“Surxon-W” - “Andijanka” – 0:3 (0:1).
16 sentabr. Termiz. “Alposhim” sport majmuasi. 12 tomoshabin.

Hakamlar: Shuhratbek Mirzaev, Zuxriddin Xayitmurodov, Erkin Mamatmo'minov
Zaxira hakami: Jahongir Noraliev
Nazoratchi: Xasan Permatov
Komissar: Fazliddin Hasanov

“Surxon-W”: Zarnigor Baxtiyorova (Nigina Xabibullaeva, 88), Zuxra Abraeva, Dinara Uzoqova, Fotima Abraeva (Gulsevar Oltiboeva, 26; Dildora Habibullaeva, 77), So'g'diyona Rustamova, Shabnam Xudaymurodova, Gulsevar Ochilova, Zuxra Shukurova (Kamola Ergasheva, 88), Xusnizar SHukurova, Gulmira Abdullaeva, Mastura Qarshieva (Sitora Xolto'raeva, 77).

“Andijanka”: Xurmatoy Rahmatullaeva (Gullolaxon Boltashova, 86), Gulshoda Sobirova, Dilnoza Zokirova, Gulnoza Hamidova (Marziyazon Rejabboeva, 84), Komila Xudoyberdieva, Zuxraxon Obidova, Umidaxon Abdumutalova, Robiyaxon Mirzaeva, Gulsevarbonu Azimova, Zilola Sayfiddinova, Umida Olimjonova.

Gollar: Dilnoza Zokirova, 22 – 0:1. Dilnoza Zokirova, 66 – 0:2. Dilnoza Zokirova, 79 – 0:3.

Andijon FK moliyaviy qarzdorlik haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Andijon FK moliyaviy qarzdorlik haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Andijon futbol klubi Antaliyadagi yig'in davomida yuzaga kelgan moliyaviy majburiyatlar to'liq qoplanganini ma'lum qildi.

Andijon futbol klubi joriy yil qishki tayyorgarlik yig'ini hamda Turkiyaning Antaliya shahridagi DILAHAN TURIZM TAS.TIC.LTD.STI. kompaniyasi bilan bog'liq qarzdorlik haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Andijon futbol klubi mazkur holat yuzasidan shuni ma'lum qiladiki, jamoaning Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini davomida yuqorida nomi qayd etilgan kompaniya xizmatlaridan foydalanilgan va ushbu hamkorlik doirasida muayyan moliyaviy majburiyatlar mavjud bo'lgan.

Klub tomonidan allaqachon to'lovlar belgilangan tartibda to'liq qoplangan. Andijon futbol klubi o'z zimmasidagi moliyaviy majburiyatlarga mas'uliyat bilan yondashadi.

Shu munosabat bilan klub ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarni bir tomonlama talqin qilmaslikka, rasmiy manbalarga tayanib fikr bildirishga chaqiradi. Andijon futbol klubi hamkorlar bilan o'zaro hurmat, ishonch va mas'uliyat tamoyillariga amal qilgan holda o'z faoliyatini davom ettiradi. 👍

Bog'liq yangiliklar

«Andijon» bosh murabbiylik lavozimi bo'yicha mish-mishlarga munosabat bildirdi

«Andijon» bosh murabbiylik lavozimi bo'yicha mish-mishlarga munosabat bildirdi

«Andijon» futbol klubi bosh murabbiylik lavozimi bo'yicha tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

So'nggi kunlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon» futbol klubi yangi mavsum uchun bosh murabbiylik lavozimiga turli mutaxassislar, jumladan, Ro'ziqul Berdiev bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

«Andijon» futbol klubi mazkur xabarlar yuzasidan shuni ma'lum qiladiki, ayni paytda klub tomonidan boshqa mutaxassislar bilan bosh murabbiylik lavozimi bo'yicha hech qanday muzokaralar olib borilayotgani yo'q.

Klub rahbariyati amaldagi murabbiylar shtabiga to'liq ishonch bildirmoqda. Jamoa belgilangan reja asosida mavsumni muvaffaqiyatli yakunlash va oldinda turgan maqsadlarga erishish yo'lida ish olib bormoqda.

Shu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari va muxlislardan turli manbalarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan xabarlarga emas, balki klubning rasmiy axborot kanallarida e'lon qilinayotgan ma'lumotlarga tayanishlarini so'raymiz.

«Andijon» futbol klubiga oid barcha muhim va rasmiy ma'lumotlar, jumladan, murabbiylar shtabi, jamoa tarkibi, transferlar va boshqa masalalarga taalluqli xabarlar faqat klub matbuot xizmati tomonidan rasmiy ravishda e'lon qilinadi.

Klub jamoa hayotiga oid muhim yangiliklarni doimo muxlislar va ommaviy axborot vositalari bilan oʼzining rasmiy axborot kanallari orqali muntazam ravishda baham koʼrib boradi. 👍