O'zFHM "Buxoro" - "Andijon" o'yinidagi bahsli vaziyatlar yuzasidan xulosa chiqardi
FC ANDIJON ↗ ●●●●● Umumiy 👁 33

O'zFHM "Buxoro" - "Andijon" o'yinidagi bahsli vaziyatlar yuzasidan xulosa chiqardi

"Andijon" klubining "Buxoro"ga qarshi o'yindagi hakamlik yuzasidan shikoyati O'zFHM tomonidan ko'rib chiqildi

Ma'lumki, Superliganing 23-turi doirasidagi «Buxoro» hamda «Andijon» jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqargan hakamlik yuzasidan shikoyat arizasi kiritilgandi.

Bugun, O'zbekiston futbol hakamlar markazi bilan birgalikda videokonferensiya shaklida «Buxoro» - «Andijon» o'yinida hakamlar tomonidan bahsli vaziyatlar atroflicha ko'rib chiqildi.

Ushbu videokonfrensiyada O'zFHM mutaxassislari – Ma'mur Saidqosimov, Farhod Abdullaev va Bobur Haydarov ishtirok etishdi. Shuningdek, O'zPFL mutaxassislari va “Andijon” klubi rahbariyati hamda murabbiylar shtabi ham qatnashdilar.

Videokonfrensiya davomida “Andijon” tomonidan shikoyat qilingan 5 ta epizodning har biri to'liq ko'rib chiqildi. Aytish mumkinki, mazkur jarayon davomida turli bahs-munozaralar, savol-javoblar ham bo'lib o'tdi va mutaxassislar videokadrlarda har bir holatni tushuntirib, uning sabablarini ham aytib o'tdilar.

Bir so'z bilan aytganda, o'yinning 38-daqiqasida Rustam Turdimurodovga nisbatan qilingan qo'pollik hakamlar tomonidan e'tiborsiz qoldirilgani va raqib futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi, deya o'sha vaziyatda bosh hakam xatoga yo'l qo'ygan deb topildi. Ammo qolgan barcha epizodlarda hakamlarning qarorlari to'g'ri bo'lganini ma'lum qilishdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!