Ikki kun oldin umumiy mashg'ulotda Aziz Turg'unboyevning chap oyog'i jarohatlandi. Bu haqida oʼsha kuni xabar berib o'tgandek. Klub shifokori Olimjon Ne'matov esa futbolchining jarohati bo'yicha klub matbuot xizmatiga ma'lumot berdi.
Unga ko'ra, ultratovush tekshirish jarayonida Turg'unboyevning jarohati tashxisi aniqlandi: boldir mushagining uzilishi!
Bu jarohat bitishi o'rtacha 12-14 kun vaqtni oladi. Besh kun davolanishdan keyin alohida shug'ullanishni boshlaydi.
Biz Azizbekga sog'liq va tezroq sog'ayib safga qaytishini tilab qolamiz. 👍
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!