Andijon mashg'ulotlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda
FC ANDIJON ↗ ●●●●● Umumiy 👁 7

Andijon mashg'ulotlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda

Mashgʻulotlarda futbolchilarimiz yana “Betmen” qiyofasida😎

Oʼz qarorgohida shugʼullanayotgan jamoamizning bugungi kun rejasi ham koʼngildagidek oʼtdi.

Mashgʼulotimizning maʼlum bir qismida futbolchilariniz maxsus koʻzoynaklarni taqib olgan holda shugʻullandilar. Ilgari ham shu uslub qoʼllanilgan.

Murabbiylarimiz mashgʻulot jarayonida zamonaviy uslub va texnikalardan foydalanishni xush koʼradilar. Yaʼni, futbolchilarni boshini koʻtarib oʻynashga majburlovchi maxsus koʻzoynaklardan foydalandilar.

Bu albatta oʻziga yarasha qiziqarli va futbolchilar uchun shubhasiz foydali jarayondir. Tabiiyki, bugungi tayyorgarlik jarayoni ham juda qiziqarli, rang-barang oʼtdi. Faqat Azizbek Turgʼunboyev oyogʼidan biroz jarohat olgani bois bir nech kun davolanish jarayonlarini olib boradi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!