Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Qizilqum — yangiliklari

Qizilqum va bog'liq yangiliklar

Xorazm 1:3 Qizilqum: Navoiyliklar safarda g'alaba qozondi

Xorazm 1:3 Qizilqum: Navoiyliklar safarda g'alaba qozondi

Superliga 22-turidan o'rin olgan Xorazm — Qizilqum uchrashuvi 1:3 hisobida yakunlandi. Navoiyliklar safarda muhim g'alabani qo'lga kiritishdi.

Superliga, 22-tur doirasidagi bahsda Xorazm va Qizilqum jamoalari to'qnash kelishdi. Uchrashuv Qizilqumning 1:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Gollar: Rafael Tavares 29’ (1:0) — Otabek Jo’raqo’ziyev 40’ (1:1).

Qizilqum 3:2 Buxoro: gollarga boy o'yin

Qizilqum 3:2 Buxoro: gollarga boy o'yin

Superliga 20-turidan o'rin olgan Qizilqum va Buxoro jamoalari o'rtasidagi bahs 3:2 hisobida yakunlandi.

Superliga, 20-tur

Qizilqum — Buxoro 3:2

Gollar: Xurshid Muxtorov 40’ (avtogol), Jambuli Jigauri 52’, Otabek Jo’raqo’ziyev 64’ — Sherzod Esanov 73’, Nika Kacharava 77’

Islom Ahmedov: «Qizil kartochka barcha rejalarimizni buzib yubordi»

Islom Ahmedov: «Qizil kartochka barcha rejalarimizni buzib yubordi»

«Andijon» bosh murabbiyi Islom Ahmedov «Neftchi»ga qarshi o'yindan so'ng mag'lubiyat sabablari va jamoadagi transferlar haqida gapirdi.

Vodiy derbisi doirasidagi «Andijon» - «Neftchi» o'yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ahmedov qatnashdi.

Muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Juda alamli mag'lubiyatga uchradik. Bizni tinmay qo'llab-quvvatlab kelayotgan ishqibozlarimiz oldida juda uyatdamiz. O'yinga kelsak, qizil kartochkagacha uchrashuv tizgini bizning nazoratimiz ostida o'tayotgandi. Birgina qizil kartochka hamma rejalarimizni buzib yubordi. Uni joyini to'ldirgunimizcha birinchi golni o'tkazib yubordik.

- Mag'lubiyatni asosiy sababchisi kim deb o'ylaysiz?

Mag'lubiyatga uchragandan keyin baribir murabbiy aybdor bo'ladi. Qo'ldan kelgancha tayyorgarlik ko'rdik. Birinchi taymda yomon o'ynamadik. Hujumlarimiz ko'p bo'ldi, to'pni nazorat qildik. Ikkinchi taymni boshidagi kutilmagan qizil kartochka barcha rejalarimizni buzdi. U o'yinchimizni ham atay qildi, deb ayta olmaymiz. Balki emosiyada o'zini to'xtata olmagandir. Futbolchilarimiz ham professional bo'lishi va o'zini boshqarishni ham bilishi kerak. Qizil kartochka xissiyot orqali yuz berdi. Qolgan joyda futbolchilarimiz 100 foiz borini berishdi. Ayblash noto'g'ri.

- O'sha qizil kartochka butun boshli jamoaning o'yinini, tayyorgarligini o'zgartirib yubordi. Oxirgi uchrashuvlarda qizil kartochkalar ko'paymoqda. Buni oldini olish uchun jamoada ruhiy tayyorgarlik ham olib boriladimi?

Baribir futbol hissiyotlarga boy. Tushuntiramiz, gapiramiz. Futbolchilar ham o'zini boshqarishni bilishi kerak. Futbolchilar maydonda o'zini boshqara bilishi kerak. O'yinchilarimiz ham atay qilishyapti, deb o'ylamayman.

- «Andijon» yozgi ta'tilgacha yaxshi o'yin ko'rsatayotgandi. Yozgi tanaffusdan so'ng 6 ta o'yin o'tdi va 5 ochko oldi, xolos. Bu natija murabbiylar shtabini o'ylantirmayaptimi?

Albatta. Izlanyapmiz, kamchiliklar ustida ishlayapmiz. Ko'rib chiqamiz. O'yin tomonlama yomon o'ynamayapmiz. Biroq yakuniy hujumlar bo'yicha bizda muammolar bo'layotgandi. Mana, yangi hujumchi oldik. Bugun ham yaxshi o'ynayotgandik, ammo qizil kartochkadan keyin vaziyat o'zgardi.

- Shoxmalik Komilov nega o'yin qaydnomasiga kiritilmadi?

Qaydnomaga 20 ta o'yinchi kiritiladi. Hamma o'yinchilarga imkoniyat beramiz. Mashg'ulotlar jarayonida kuzatib boramiz. Har bir chiziqqa o'yinchilar qoldirishimiz kerak bo'ladi. Bizda raqobat kuchli. Bu uchrashuvda Shoxmalikka dam berishga qaror qildik. U safimizga yig'inimiz yakunlanayotgan paytda qo'shildi. Hali bizning o'yin uslubimizni to'liq tushunib yetgani yo'q. Shu bois futbolchiga dam berib turdik.

- Bu mag'lubiyatni omad bilan bog'laysizmi? Holbuki, jamoangizda gol urish uchun bir nechta yaxshi vaziyatlar bo'ldi, darvozabon, himoyachilar qaytarib qolishdi...

Omaddan ko'ra, taqdir deb o'ylaymiz. Harakat qildik, bugun yutqazish peshonamizga yozilgan ekan.

- Jamoaga qabul qilingan Nodirxon Ne'matxonov ko'p o'tmasdan shartnomani bekor qilib ketdi. Shuningdek, darvozabon Rustamjonovni ketishiga nima sabab bo'ldi?

Nodirxon Ne'matxonovga «Qizilqum»dan o'yin amaliyoti bo'yicha aniq taklif berishgan. Bizda aytganimizdek, raqobat kuchli. Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan joyga o'zi tanladi. Rustamjonov bilan 6 oyga kelishilgan ekan va u «Respublika FA» jamoasiga ketdi.

- Yozgi transferlardan ko'nglingiz to'ldimi?

Ochig'i, ro'yxatimizda bir qator o'yinchilar bor edi. Ularni hammasini ham ololmadik. Oxirgi kungacha futbolchilar bilan aloqada bo'ldik. Olishga harakat qildik. YAxshiki, Rustam Turdimurodovni jalb qila oldik.

- «Neftchi» Izzatilla Po'latovni «Andijon»ga qo'yib yuborishga rozi bo'lgan ekan, lekin «Andijon» bu taklifni rad etibdi. SHu holatga to'xtalib o'tsangiz.

Rahbariyat hal qiladi. Ayrim sabablarga ko'ra o'xshamadi.
Roman Papariga «Qizilqum» safiga qaytdi

Roman Papariga «Qizilqum» safiga qaytdi

Ukrainalik hujumchi Roman Papariga mavsum so'nggigacha «Qizilqum» bilan shartnoma imzolab, jamoaga qaytdi.

Roman Papariga — «Qizilqum» futbolchisi!

O’tgan mavsumda jamoamiz tarkibida to’p tepgan ukrainalik hujumchi Roman Papariga yana «Qizilqum» ga qaytdi. Futbolchi va klub rahbariyati o’rtasida mavsum so’nggigacha bitim imzolandi.

Eslatib o’tamiz, Roman Papariga klubimiz tarkibida umumiy hisobda 28 ta bellashuvda maydonga tushib 3 marotaba raqib darvozasini ishg’ol etgan hamda 2 marotaba golli uzatmani o’z hisobiga yozdirib qo’ygan.

Ruslan Roziyev «Qizilqum» futbolchisiga aylandi

Ruslan Roziyev «Qizilqum» futbolchisiga aylandi

Iqtidorli hujumchi Ruslan Roziyev «Qizilqum» jamoasi safiga kelib qo'shildi.

✅ Ruslan Roziyev — «Qizilqum» futbolchisi!

Jamoamizning hujum chizig’ini kuchaytirish maqsadida navbatdagi transfer amalga oshirildi.

Faoliyati davomida Belarusiyaning «Neftan», Qirg’izistonning «Bishkek Siti», Toshkentning «Paxtakor», Bekobodning «Metallurg» hamda Farg’onaning «Neftchi» jamoalarida faoliyat yuritgan iqtidorli hujumchi Ruslan Roziyev endilikda «oltin izlovchilar» sharafini himoya qiladi.

24 yoshli hujumchi poytaxtning «Paxtakor» klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida 75 dan ortiq o’yinda maydonga tushib 20 dan ziyod gol urishga erishgan.

Ruslanga jamoamizdagi faoliyati davomida omad tilab qolamiz!

Ozod Ergashev «Qizilqum» safiga qaytdi

Ozod Ergashev «Qizilqum» safiga qaytdi

Yarim himoyachi Ozod Ergashev «Olympic Mobiuz»dagi ijaradan so'ng «Qizilqum» safiga qaytdi.

Ozod Ergashev «Qizilqum» ga qaytdi!

Toshkentning «Olympic Mobiuz» jamoasida to'p surib kelayotgan yarim himoyachi Ozod Ergashev mavsumning ikkinchi davrasida jamoamiz sharafini himoya qiladi. Navoiylik yarim himoyachi 2023-yildan beri poytaxt jamoasida ijara asosida harakat qilib kelayotgan edi.

Duglas Maykon - «Qizilqum» futbolchisi!

Duglas Maykon - «Qizilqum» futbolchisi!

O'tgan yili Samarqandning «Dinamo» jamoasida harakat qilgan brazilyalik yarim himoyachi Duglas Maykon endilikda "oltin izlovchilar" sharafini himoya qiladi. Futbolchi klub rahbariyati bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzoladi.


📌 O'tgan yili Samarqandning «Dinamo» jamoasida harakat qilgan brazilyalik yarim himoyachi Duglas Maykon endilikda "oltin izlovchilar" sharafini himoya qiladi. Futbolchi klub rahbariyati bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzoladi.

📋 Eslatib o'tamiz, Duglas Maykon hozirgacha Superliga bahslarida 22 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini bir bor ishg'ol etgan. Qolaversa futbolchi O'zbekiston kubogi musobaqasida ham uch bor maydonga tushishga ulgurgan.

Bog'liq yangiliklar

Xorazm O‘zbekiston chempionatida 300-o‘yinini o‘tkazdi

Xorazm O‘zbekiston chempionatida 300-o‘yinini o‘tkazdi

Xorazm klubi O‘zbekiston chempionati yuqori divizionida o‘zining 300-uchrashuvini o‘tkazdi. Jamoa Qizilqumga qarshi bahs bilan ushbu marraga yetdi.

Xorazm Superligadagi 300-o‘yinini o‘tkazdi

Kecha Qizilqum'ga qarshi bahs Urganch klubi uchun O‘zbekiston chempionati yuqori divizionidagi 300-uchrashuv sifatida tarixda qoldi

300 o‘yin
74 g‘alaba
56 durang
170 mag‘lubiyat
To‘plar farqi 332:589

Luka Ratkovich «Qizilqum»ni tark etdi

Luka Ratkovich «Qizilqum»ni tark etdi

Serbiyalik hujumchi Luka Ratkovich o'z xohishiga ko'ra «Qizilqum» bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.

Luka Ratkovich bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi

Mavsumning ikkinchi qismida jamoamiz tarkibiga kelib qo'shilgan serbiyalik hujumchi Luka Ratkovich o'z xohishiga ko'ra klub bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

Eslatib o'tamiz, Luka Ratkovich «Qizilqum» tarkibida jami 5 ta bahsda maydonga tushgan edi.

Ratkovichga keyingi faoliyatida omad tilaymiz. Barchasi uchun rahmat Luka!

Qizilqum 8 yildan so'ng Nasafni mag'lub etdi

Qizilqum 8 yildan so'ng Nasafni mag'lub etdi

Navoiyning Qizilqum jamoasi 8 yillik tanaffusdan so'ng Nasaf ustidan g'alaba qozondi.

Qizilqum jamoasi 8 yildan so'ng, Nasafni yana mag'lub etishni uddaladi.

Navoiy klubi so'nggi bor 2018-yilning 10-noyabrida ajdarlarni mag'lubiyatga uchratgan edi. O'shanda gollarga Nasaf jamoasining sobiq futbolchilari Erkin Boydullayev va Artur Gevorkyan mualliflik qilishgan.

Sobir Pirnazarov «Andijon» murabbiylar shtabiga qo'shildi

Sobir Pirnazarov «Andijon» murabbiylar shtabiga qo'shildi

Tahlilchi murabbiy Sobir Pirnazarov «Andijon» klubi murabbiylar shtabida ish boshladi.

«Andijon» jamoasi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo'shildi. Tarkibini yanada shakllantirayotgan jamoa murabbiylar shtabini ham boyitib bormoqda.

Jumladan, tahlilchi murabbiy Sobir Pirnazarov «Andijon» klubida ish boshladi. Ushbu mutaxassis 1986-yilning 14-mart kuni Toshkentda tavallud topgan. Murabbiylik faoliyati davomida O'zbekiston U15, U16, U17, U20, U23 terma jamoalarida ishlagan. Shuningdek, «Olimpik» va «Qizilqum» klublarida ham tahlilchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Erishgan natijalari:
- 2022 — Toshkentda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 2-o'rin.
- 2023 — Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida 3-o'rin.
- 2023 — Argentinada o'tkazilgan 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi.
- 2024 — Qatarda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 2-o'rin.
- 2024 — Parij Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi.
- 2025 — 17 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionati g'olibi, Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati ishtirokchisi.

Ushbu mutaxassis jamoaning g'alabalariga o'z hissasini qo'shishiga umid qilamiz.

Elbek Otaqulov «Qizilqum» futbolchisiga aylandi

Elbek Otaqulov «Qizilqum» futbolchisiga aylandi

Qarshining «Nasaf» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Elbek Otaqulov mavsum oxirigacha «Qizilqum» jamoasi sharafini himoya qiladi.

Elbek Otaqulov — «Qizilqum» futbolchisi!

Qarshining «Nasaf» akademiyasi tarbiyalanuvchisi, Qarshi davlat universitetining «Lochin» klubi a'zosi Elbek Otaqulov mavsum oxirigacha jamoamiz sharafini himoya qiladi.

Elbekjon ushbu mavsumda «Lochin» tarkibida, Pro liga bahslarida jami 12 ta bahsda maydonga tushib, raqib darvozasini 3 marotaba ishg'ol etgan. Undan tashqari 27 yoshli himoyachi O'zbekiston kubogi bahslarida ham 3 ta bellashuvda qatnashgan.

Elbek Otaqulovga klubimizdagi faoliyatida omad va zafarli onlarni tilab qolamiz!