«Neftchi» futbolchisi Anvar G‘ofurov bel qismidagi jarohati sababli taxminan 10 kunga safdan chiqdi.
O‘zbekiston Superligasining 16-turidan o‘rin olgan «Qizilqum»ga qarshi bahsda «Neftchi» futbolchisi Anvar G‘ofurov jarohat oldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng futbolchi bel sohasida og‘riq his qilgani sababli almashtirildi.
Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida futbolchining bel sohasidagi avvalgi jarohati qaytalangani aniqlandi.
Ayni vaqtda Anvar G‘ofurov neyroxirurglar tavsiyasi va nazorati ostida konservativ usulda davolanish hamda reabilitatsiya jarayonini o‘tamoqda. Umurtqa bilan bog‘liq jarohatlarda reabilitatsiya va sportga qaytish jarayoni mutaxassis nazorati ostida bosqichma-bosqich olib boriladi.
Dastlabki reja bo‘yicha futbolchimiz taxminan 10 kun davomida davolanadi. Keyingi holati tibbiy ko‘riklar asosida baholanib, shundan so‘ng jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytishi belgilanadi.
«Surxon» bosh murabbiyi Anvar G'ofurov «Andijon»ga qarshi o'yin, tarkibdagi o'zgarishlar va Behruz Karimovning kelajagi haqida gapirdi.
«Andijon» - «Surxon» (1:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Anvar G'ofurov ishtirok etdi.
Oson o'yin bo'lmasligini bilgandik. Chunki murabbiylar o'zgarganidan keyin «Andijon»da o'sish bo'ldi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Bizni o'zimizga yarasha xos va mos o'yinimiz bor. Shuni taklif qilishga harakat qilgandik, balki o'yinni har epizodida o'xshamagan bo'lishi mumkin, lekin yaxshi taraflari ko'p bo'ldi, deb o'ylayman. Bu – futbol. Xatosiz hech narsa bo'lmaydi. Kimdir xato qiladi va kimdir bu vaziyatdan foydalanib ketadi.
- Jarohat olib maydonni erta tark etgan Davron Merganovni holati qanday?
Ozgina miya chayqalashi bor. Chuqurroq tahlil qilinganidan keyin bir narsa desa bo'ladi.
- Asosiy futbolchilar – Chinedu, Potapov, Ne'matxonov kabi futbolchilarni jamoani tark etishiga sabab nima bo'ldi?
Ular uchun men javob bera olmayman. Har bittasida o'z fikri bor va qandaydir o'z istaklari bo'yicha jamoadan ketishdi. Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish, kimdir moliyaviy tarafdan, hammada har xil, ulardan so'rash kerak. Biz o'z ishimizni davom ettiramiz. Bizda yosh futbolchilarimiz bor. Nima bo'lishidan qat'iy nazar «Surxon» bo'ladi, futbolchi keladimi yo ketadimi, buni farqi yo'q. «Surxon» baribir faoliyatini davom ettiradi.
- Behruz Karimov qaydnomada ham yo'q edi.
Behruz Karimov jahon chempionatidan keyin bu yil uning uchun katta «nagruzka» bo'ldi. Qishda umuman dam olgani yo'q. O'zini yoshida terma jamoa bilan yig'inda bo'ldi. Keyin U20 termasiga chaqirishdi. So'ngra U23 termasiga va undan keyin milliy jamoaga jalb qilishdi. Shu bois u umuman dam olgani yo'q. Unga o'zini tiklab olish uchun dam berildi. Katta ehtimol bilan xorijga ketadi. Bizni ishimiz jamoadagi bor o'yinchilar bilan ishlash. Behruzga esa dam berilgan, men buni to'g'ri tushunaman. U ham odam, robot emas.
- Bir qator yosh futbolchilarni maydonga tushirdingiz. Ularning o'yinlaridan xulosangiz qanday?
Albatta, rejalar bor edi. Birinchi bo'limda darvozabonimiz jarohat olganidan keyin rejalarga biroz o'zgarishlar kiritildi. Yoshlar tushishdi, xursand bo'lish kerak. Kimdadir debyut. Imkoniyatlar bormi, demak, u to'g'ri harakat qilyapti. Baribir baho berishga hali erta. Bugungi o'yin uchun hammasi joyida, butun jamoa yaxshi harakat qildi.
Surxon bosh murabbiyi Anvar G'ofurov Qo'qon-1912 jamoasiga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Uchrashuv haqida fikrlaringiz?
— Avvalo, bugungi g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Har ikki jamoa uchun ham bu uchrashuv juda muhim edi, chunki ikkala jamoaga ham ochkolar zarur edi. Shu sababli maydonda kurashlarga boy va shiddatli o‘yin kechdi. Raqibimiz ham uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rganini namoyish etdi.
Futbolchilarimiz bugun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishdi. Ularning mehnati evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Albatta, hali ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Oldinda yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatish uchun mehnat qilishda davom etamiz. Fursatdan foydalanib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun uzoq yo‘l bosib kelgan barcha muxlislarimizga samimiy minnatdorchilik bildiraman.
— O‘yindagi yagona gol muallifi Richard Fridayni almashtirishga nima sabab bo‘ldi? U yaxshi o‘yin namoyish etayotgan edi.
— Uchrashuv davomida maydondagi har bir futbolchining jismoniy holatini muntazam kuzatib boramiz. Richard ham o‘z vazifasini yaxshi bajardi, biroq o‘yinning o‘sha pallasida biroz charchagani sezildi.
Gol o‘tkazib yuborganidan keyin Qo‘qon jamoasi hujumkor o‘yinga o‘tdi va barcha kuchini oldinga tashladi. Biz esa qarshi hujumlardan unumli foydalanish va o‘yin tempini saqlab qolish maqsadida yangi kuchlarni maydonga tushirdik. Shu sababli Richardni almashtirishga qaror qildik. Bu individual qarordan ko‘ra, jamoaviy taktika va uchrashuvning borishidan kelib chiqqan qaror edi.
Surxon bosh murabbiyi Anvar Gafurov Xorazmga qarshi o‘yin va kelgusi rejalar haqida fikr bildirdi.
Anvar Gafurov ishtirokidagi matbuot anjumani 🎙
Bugungi uchrashuv haqida fikringiz?
Xorazm jamoasiga ham, bizga ham ochkolar juda zarur ekanligini yaxshi bilardik. Shu sababli oson o‘yin bo‘lmasligi oldindan ayon edi. Raqib jamoa uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rgani va o‘yinlarimizni yaxshi tahlil qilgani maydonda sezildi. Biz uchrashuv davomida yetarlicha gol urish imkoniyatlarini yaratdik. Shu bilan birga, darvozamiz oldida ham xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Afsuski, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalana olmadik. Albatta, kamchiliklarimiz bor va ularni bartaraf etish ustida ishlashimiz kerak. Shunga qaramay, futbolchilar maydonda bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib harakat qilishdi. Aynan shu jihat meni xursand qildi. Kelgusi uchrashuvlarda yanada sifatli va mazmunli futbol namoyish etishga intilamiz.
Oldindagi uchrashuvlar haqida rejalaringiz?
Oldinda Qo‘qon 1912 jamoasiga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. Bu ham oson o‘yin bo‘lmaydi. Raqibni chuqur tahlil qilib, uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘ramiz. Maqsadimiz — muxlislarimizni xursand qiladigan yaxshi o‘yin ko‘rsatish va ijobiy natijaga erishish.
Raqib – Xorazm jamoasi haqida fikringiz?
Xorazm yaxshi futbolchilar va malakali murabbiylar shtabiga ega jamoa. Ular o‘z o‘yin uslubiga ega va shu yo‘nalishda izchil harakat qilishmoqda. Jamoaga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman. Fursatdan foydalanib, bugun stadionga tashrif buyurib bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Ularning qo‘llab-quvvatlashi biz uchun juda muhim.
Surxon bosh murabbiyi Anvar G'ofurov Behruz Karimovning xorij klubiga o'tishi mumkinligini va jamoa tarkibidagi o'zgarishlar haqida gapirdi.
Anvar G'ofurov ishtirokidagi matbuot anjumani.
Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz?
Assalomu alaykum. Katta rahmat. Bugun juda qiyin o'yin bo'ldi. Andijon jamoasida murabbiylar almashganidan so'ng ularning natijalari ijobiy tomonga o'zgardi. Biz uchrashuv oson kechmasligini bilgan holda puxta tayyorgarlik ko'rgan edik. O'zimizga xos o'yin uslubimizni namoyish etishga harakat qildik. Futbolda xatolarsiz o'yin bo'lmaydi.
Jamoaning asosiy darvozaboni Davron Merganovning holati qanday?
Hozircha unda bosh chayqalishi alomatlari kuzatilmoqda. Shifokorlar to'liq tekshiruvdan so'ng uning ahvoli bo'yicha aniq xulosa berishadi.
Jamoaning yetakchilari Stefan Chinedu, Artyom Potapov va Nodirxon Ne'matxonovning jamoani tark etishiga nima sabab bo'ldi?
Bu savolga men javob bera olmayman. Har bir futbolchining o'z qarashi va maqsadi bor. Kimdir moliyaviy sabablar tufayli, yana kimdir ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun boshqa jamoaga o'tdi. Bu haqda ularning o'zidan so'ragan ma'qul. Bizning vazifamiz esa futbolchilarni har bir uchrashuvga tayyorlashdir. Tarkibimizda iqtidorli yosh futbolchilar bor. Qaysi futbolchi ketishidan qat'i nazar, Surxon o'z yo'lida davom etadi, deb o'ylayman.
Behruz Karimov bugun qaydnomadan ham joy olmadi. Bunga nima sabab?
Bu yil Behruz juda katta yuklama ostida harakat qildi. U qishda umuman dam olmadi. Dastlab o'z yosh toifasidagi terma jamoada, keyinchalik O'zbekiston U-23 terma jamoasi hamda milliy terma jamoa safida ishtirok etdi. Shu sababli unga tiklanishi uchun dam berildi. Katta ehtimol bilan Behruz faoliyatini xorij klubida davom ettiradi. Hozir u tiklanish jarayonida. Uni ham to'g'ri tushunish kerak, chunki u ham inson. Men buni to'g'ri qaror deb hisoblayman.
Bugun jamoa tarkibida maydonga tushgan yosh futbolchilarning o'yinlari haqida qanday fikrdasiz?
Albatta, rejamiz boshqacha edi, biroq birinchi bo'limda darvozabonimizning jarohat olishi ayrim o'zgarishlar qilishga majbur qildi. Yosh futbolchilarga imkoniyat berildi va ular yaxshi harakat qilishdi. Ular vaziyatlardan qay darajada unumli foydalanganiga vaqt baho beradi. Hozircha ularga yakuniy baho berishga hali erta. Eng muhimi, ular o'zlarini ko'rsatishga intilishdi. Menimcha, jamoamiz bugun yaxshi o'yin namoyish etdi.