Anvar G‘ofurov jarohati sabab safdan chiqdi
FC NEFTCHI ↗ ●●●●● Umumiy 👁 12

Anvar G‘ofurov jarohati sabab safdan chiqdi

O‘zbekiston Superligasining 16-turidan o‘rin olgan «Qizilqum»ga qarshi bahsda «Neftchi» futbolchisi Anvar G‘ofurov jarohat oldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng futbolchi bel sohasida og‘riq his qilgani sababli almashtirildi.

Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida futbolchining bel sohasidagi avvalgi jarohati qaytalangani aniqlandi.

Ayni vaqtda Anvar G‘ofurov neyroxirurglar tavsiyasi va nazorati ostida konservativ usulda davolanish hamda reabilitatsiya jarayonini o‘tamoqda. Umurtqa bilan bog‘liq jarohatlarda reabilitatsiya va sportga qaytish jarayoni mutaxassis nazorati ostida bosqichma-bosqich olib boriladi.

Dastlabki reja bo‘yicha futbolchimiz taxminan 10 kun davomida davolanadi. Keyingi holati tibbiy ko‘riklar asosida baholanib, shundan so‘ng jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytishi belgilanadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!