O'zbekiston milliy terma jamoasi "Markaziy" stadionga yetib keldi
O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari o'yin oldidan "Markaziy" stadionga yetib kelishdi.
"Shunqorlar" "Markaziy" stadionga yetib kelishdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari o'yin oldidan "Markaziy" stadionga yetib kelishdi.
"Shunqorlar" "Markaziy" stadionga yetib kelishdi.
«Qo'qon-1912» klubi OKMK futbolchisi Akbar O'ktamovni ijaraga olganini e'lon qildi.
«Qo'qon-1912» klubi OKMK yarimhimoyachisi Akbar O'ktamovni ijaraga oldi.
Mirko Yelichich Dinamo bilan bo'lgan o'yin va Aleksey Kozlovning qizil kartochkasi haqida fikr bildirdi.
Mirko Yelichich:
Og'ir o'yin bo'ldi. "Dinamo"ga qarshi doimo yaxshi o'yinlar bo'lgan. Bu jamoa ochiq o'yin namoyish qilishga tayyor. Biz ham shunday ochiq o'yin ko'rsatadigan jamoamiz. Bu kabi o'yinlar ham bo'lib turadi, bugun raqib bizdan yaxshiroq o'ynadi. Yaxshi o'yin ko'rsata turib, 3 ochkoni boshqasi olishi albatta, yoqimli emas. Chiroyli o'yin ko'rsatgani uchun raqiblarni tabriklayman. Biz esa oldinga intilishda davom etamiz.
— O'tgan o'yinda Aleksey Kozlovning qizil kartochkasidan keyin rejalarda o'zgarishlar bo'ldimi?
Bu haqda gapirish juda qiyin. Nikita Shevchenko bunday o'yinlarda o'ynamagan va albatta, bosimni his qilishi tabiiy. O'yinni xato bilan boshlagandan keyin u o'ziga kelishi qiyin bo'ldi.
Superliganing 14-turida Dinamo o'z maydonida Qo'qon-1912 jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etdi.
Superliga. 14-tur
Dinamo 3:2 Qo'qon-1912
Gollar: Javohir Xusanov, 2 (0:1), Anvarjon Hojimirzayev, 7 (1:1), Anvarjon Hojimirzayev, 30 penalti (2:1), Sanjar Qodirqulov, 69 (3:1), Silvanus Nimeli, 71 (3:2)
Superliga 12-turi doirasidagi "Mash'al" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng qo'qonliklar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Superliganing 12-turi doirasida "Mash'al" - "Qo'qon-1912" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov ishtirok etdi.
"Mash'al" mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. O'yin oldidan yigitlarga bu holatni yaxshilab tushuntirgandik, ular ikkinchi raqamli bo'lib o'ynashini bilgandik. Barcha jamoalar bir xil sharoitda kelishdi: uzoq muddatli tanaffus bo'lgani barchada sezildi. Futbol shunday o'yin, xatolarni kechirmaydi. Gollar doimo xatolardan tashkil topadi. Birinchi bo'limda 100 foizlik imkoniyatlarimiz bo'lgandi, biroq bundan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda ham 100 foizlik vaziyat yuzaga keldi.
Aytishganidek, sen urmasang, senga gol urishadi. Biroz e'tiborsizlik va konsentratsiyaning yo'qotilishi golga sabab bo'ldi. Bizda ko'plab vaziyatlar yuzaga kelayotgani sababli tabloda bu hisob qolmasligiga ishonayotgandik.
Barcha o'yinlarda hech bo'lmaganda bitta vaziyat yuzaga keladi. "Mash'al" esa o'z vaziyatidan foydalanib ketdi. Agarda birinchi golni biz urganimizda, ikkinchi va uchinchisini ham urgan bo'lardik. Bizni raqibdan kuchli edi deyishyapti. Lekin tabloda hisob 1:0, biz gol ura olmadik. Zaxiraga qo'l urdik, ularda ham vaziyatlar bo'ldi. Agarda ular darvozani nishonga olishganida... Bilmadim. Mag'lubiyatlar kuzatilganda barcha murabbiyni aybdor deb hisoblaydi. Biroq bugun biz ko'plab golli vaziyatlardan foydalana olmadik.
Yangi futbolchilarni tarkibga jalb qilishda ko'zlangan maqsadga erishildimi?
Bugun darvozabonimizga deyarli ish bo'lmadi, bexato o'ynadi. Rahimjon - yaxshi, sifatli darvozabon. U vaziyatda darvozabon ham yordam bera olmasdi. Markaziy himoyachini tarkibga qo'shib oldik, u ham yaxshi ko'rindi.
"Qo'qon-1912" e'tiborini nimaga qaratadi: kubok yoki chempionat?
Har bir o'yinda g'alaba uchun o'ynaymiz, o'ynaganda ham boshidan to oxirigacha munosib o'ynamoqchimiz. Superliganing 5-6 jamoasidan tashqari, boshqalarda qanday vazifalar bor? Bu yerga kelganimda oldingilariga qaraganda yaxshiroq futbol o'ynashimizni va yaxshiroq natijalar qayd eta olishimizni aytganman. Biroq bu hozircha amalga oshmayapti. Har bir o'yinda natijaga erishish uchun bizga nimalardir xalaqit qilmoqda. Bugun biz jamoamiz g'alabaga loyiq emasdi, deya olmayman. Xatolarni to'g'rilashimiz kerak. Bizga yaxshi hujumchi kerak va u birinchi va ikkinchi bo'limdagi vaziyatlarni golga aylantirishi kerak edi.
Muborakning Mash'al klubi bosh murabbiyligiga Sergey Lushchan tayinlandi. Ildar Sakaev esa klub texnik direktori lavozimiga o'tkazildi.
Muborakning Mash'al futbol klubi murabbiylar shtabida o'zgarish amalga oshirildi.
Klubning amaldagi bosh murabbiyi Ildar Sakaev klub texnik direktori lavozimiga o'tkazilganligi munosabati bilan jamoa bosh murabbiyligiga tajribali mutaxassis Sergey Lushchan tayinlandi.
53 yoshli murabbiy Toshkent shahrida tug'ilgan. U futbolchilik faoliyati davomida Paxtakor, Navbahor, Rossiyaning Krilya Sovetov hamda Rostov klublari safida to'p surgan.
Murabbiy sifatida esa Bunyodkor, So'g'diyona, Dinamo, Belarusning Shaxtyor (Soligorsk) va Shaxtyor (Petrikov), shuningdek, Namanganning Navbahor klublarida faoliyat yuritgan. Uning so'nggi ish joyi Navbahor bo'lib, 2024–2025 yillar davomida jamoani boshqargan.
Mash'al futbol klubi Sergey Lushchanni bosh murabbiy lavozimiga tayinlangani bilan tabriklaydi hamda jamoamiz bilan yuksak natijalar va ulkan zafarlar tilaydi.
“Qo’qon-1912” klubi stadioni VAR tizimi bilan jihozlandi. Bu ishlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlashga xizmat qiladi.
“Qo’qon-1912” jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi.
Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.
Hozirda "Qo’qon-1912" stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.
Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.
Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" – "Lokomotiv" uchrashuvidan so‘ng "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" – "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so‘ng "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
🎤 Mirko Yelichich: "Ikkita xato ikkita golga olib keldi"
Yosh va iqtidorli hujumchi Elbekjon To'ychiyev mavsum oxiriga qadar OKMK jamoasidan «Qo'qon-1912» safiga ijaraga o'tdi.
Seleksiya ishlarini davom ettirayotgan «Qo'qon-1912» jamoasi navbatdagi futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Yosh va iqtidorli hujumchi Elbekjon To'ychiyev mavsum oxiriga qadar OKMK jamoasidan ijaraga olindi.
Jamoa o'yin oldidan «Markaziy» stadionga yetib keldi.
Jamoamiz «Markaziy» stadionga yetib keldi.
Mash'al bosh murabbiyi Sergey Lushchan Qo'qon-1912 ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoaning oldiga qo'yilgan maqsadlar haqida gapirdi.
Superliganing 12-turi doirasida "Mash'al" - "Qo'qon-1912" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ikkala jamoa uchun ham og'ir o'yin bo'ldi. Bugun issiq sababli biroz qiynaldik. Yigitlar ko'rsatmalarimizni bajara olishdi. Hali yigitlar bilan tanishish jarayonidaman. Biz boshqacharoq futbol namoyish qilmoqchi edik va buni bugunoq ko'rsatmoqchi bo'lgandik. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. Bunga munosib edik.
- Jamoaga yangi legioner darvozabon olingan, biroq u bugun ko'rinish bermadi.
U kechagina jamoaga qo'shildi va shu sababli uni qaydnomaga kiritishni istamadik. Barchaning o'z vaqti keladi. Hali oldinda 18 o'yin bor. Barcha futbolchilarga imkoniyat beraman, deb ayta olmayman. Vazifamiz juda og'ir. Ikki qadam oldinga tashlash uchun bir qadam ortga tashlashga majburmiz. Futbolchilarning holatiga qarab tarkib tuzishga harakat qilamiz. O'yin sifatini birdaniga o'zgartirib tashlay olmaymiz. Hozircha jamoa "koma" holatida emas.
- Tahlillarsiz ishlash qiyin. "Mash'al" birinchi davrada umuman g'alaba qozona olmadi. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?
Buni imkonsiz deb hisoblardim. Buni tushuntirish juda qiyin. Bunda futbolchilarni ham, murabbiylar shtabini ham ayblasak bo'ladi. Jamoa 11 turda ochko ololmadimi, demak, tizimda nosozlik bor. Bunda faqatgina murabbiylar shtabini ayblab bo'lmaydi. Futbolchilar ham mas'uliyatni bo'yinlariga olishlari kerak. Murabbiy qilib meni tayinlashganidan keyin menga ham bu qiziq bo'ldi. Endi ishlarda o'zgarishlar qilish kerak.
- Odatda autsayder jamoalarda ishlamagansiz. Bu yerda ishlashingiz uchun nima turtki berdi va vazifalar qanday?
Tabiiyki, ilk vazifamiz - Superligada qolish. Buni uddalasa bo'ladi, biroq bilasiz, bu juda qiyin. Ilojsiz ishning o'zi yo'q. Ikkinchi vazifa esa - yangi jamoa qurish. Eng avvalo ushbu yigitlar orqali raqobatbardosh jamoa shakllantirish va maqsadlarga erishish. Buning uchun yigitlarning sifatlarini oshirish, yaxshilash kerak. Bu yerga kelishimdan oldin eng katta savol futbolchilarning sifatiga bo'lgandi. Bugun ko'rindiki, ular kar-soqov emaslar. Hali oldindagi o'yinlarni ko'rishimiz kerak. 4 kundan keyin bizni yana o'yin kutib turibdi. Agarda ishlar shunday yaxshi ketsa, hech nimani o'zgartirmaymiz va yangi futbolchilar izlamaymiz.
- "Mash'al"ning legionerlar bilan ishlash salohiyatini qanday baholaysiz.
Hozircha hech nima deya olmayman. Chunki bu yerda ko'p ham ishlayotganim yo'q.
Qo'qon-1912 darvozaboni Rahimjon Davronov jamoaga o'tishi, vodiy futboli muhiti va shaxsiy maqsadlari haqida gapirdi.
"Qo'qon-1912" jamoasining yangi a'zosi Rahimjon Davronov bilan eksklyuziv suhbat.
"Qo'qon-1912" — o‘zining buyuk tarixi, sodiq muxlislari va har doim yuqori maqsadlar sari intiladigan xarakteri bilan ajralib turadigan klub. Qaror qabul qilishimda murabbiylar shtabining menga bildirgan ishonchi eng asosiy omil bo‘ldi. Endigi vazifam — ushbu ishonchni har bir o‘yinda, yashil maydonda harakatlarim bilan oqlash.
Vodiy muxlislarini mutlaqo mubolag‘asiz o‘zbek futbolining yuragi deyish mumkin. Ularning har qanday o‘yindagi tinimsiz qo‘llab-quvvatlashi menga faqat va faqat qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Men buni bosim emas, aksincha, yelkamdagi ulkan mas’uliyat va maydonda borimni berib o‘ynash uchun eng kuchli motivatsiya deb bilaman.
Sog‘lom raqobat bor joyda har doim o‘sish va taraqqiyot bo‘ladi. Men har kuni mashg‘ulotlarda o‘z ustimda tinimsiz ishlayapman. Tarkib borasida esa murabbiy qaror qiladi — kim eng tayyor va munosib bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi. Mening maqsadim — har qanday daqiqada jamoaga maksimal foyda keltirishga tayyor turish.
Ishonch. Maqsad. G‘alaba.
Birinchi navbatda — jamoamiz, murabbiylar shtabi va muxlislarning to‘liq ishonchini qozonish. Shaxsiy maqsadlarimga kelsak, "quruq o‘yinlar" sonini imkon qadar ko‘paytirib, "Qo'qon-1912"ning turnir jadvalida yuqori o‘rinlar uchun kurashishiga munosib hissa qo‘shish.
Katta ehtimol bilan markaziy himoyachi bo‘lardim. Chunki darvozabonlik kabi, bu chiziqda ham o‘yinni chuqur o‘qish, maydonni to‘liq ko‘ra olish, vaziyatni soniyalar ichida baholash va butun jamoa himoyasini boshqarish talab etiladi. Bu mas’uliyat menga juda yaqin.
Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz nazorat uchrashuvida Paxtakorga imkoniyatni boy berdi.
Bugun jamoamiz mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik doirasidagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvida Paxtakorga qarshi maydonga tushdi. Shiddatli kechgan bahsda jamoamiz sherlarga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Bugungi uchrashuvdan olingan suratlar:
Fikr qoldirish va reaksiya uchun Telegram orqali kiring.