"Qo'qon-1912" hujumchisi Silvanus Nimeli sentyabr va oktyabr oylaridagi FIFA kunlari doirasida Liberiya terma jamoasi yig'iniga chaqirildi.
"Qo'qon-1912" klubi hujumchisi Silvanus Nimeli sentyabr va oktyabr oylaridagi FIFA kunlari doirasidagi uchrashuvlarda ishtirok etish uchun Liberiya milliy terma jamoasidan taklif oldi.
Hujumchi yaqin kunlarda o'z terma jamoasi lageriga jo'nab ketadi va xalqaro o'yinlarda mamlakat sharafini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, Liberiya terma jamoasi sentyabr-oktyabr FIFA kunlari doirasida Afrika Millatlar kubogi saralash bahslari doirasida Ruanda va Mali terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, Afrika jamoasi Iordaniyaga qarshi Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushadi.
Bo'lajak bahslarga Silvanus va Liberiya terma jamoasi omad tilab qolamiz!
“Qo’qon-1912” klubi stadioni VAR tizimi bilan jihozlandi. Bu ishlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlashga xizmat qiladi.
“Qo’qon-1912” jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi.
Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.
Hozirda "Qo’qon-1912" stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.
Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.
Qoʻqon-1912 hujumchisi Silvanus Nimeli Afrika Millatlar kubogi saralashida Liberiya terma jamoasi safida Ruanda darvozasini ishgʻol qildi.
Qoʻqon-1912 hujumchisi Silvanus Nimeli Afrika Millatlar kubogi saralashi doirasida Liberiya terma jamoasi tarkibida Ruanda termasiga qarshi bahsda maydonga tushdi. 1:3 hisobida Liberiya magʻlubiyati bilan tugagan bellashuvda Nimeli jamoasining yagona goliga mualliflik qildi
Qo'qon-1912 hujumchisi Silvanus Nimeli Afrika Millatlar kubogi saralash bahsida Liberiya terma jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
Silvanus Nimeli Liberiya terma jamoasida gol urdi
Kecha Afrika Millatlar kubogi saralash bahslari doirasida Ruanda Liberiyaga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida ruandaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.
Liberiya terma jamoasi safida "Qo'qon-1912" jamoasi hujumchisi Silvanus Nimeli asosiy tarkibda tushdi va terma jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz nazorat uchrashuvida Paxtakorga imkoniyatni boy berdi.
Bugun jamoamiz mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik doirasidagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvida Paxtakorga qarshi maydonga tushdi. Shiddatli kechgan bahsda jamoamiz sherlarga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi.