Xarakter, ishtiyoq va shijoat. Yakunda irodali g'alaba❤️
“Bobur arena” yana bir qaynoq muhitdagi unutilmas va asosiysi, yoqimli g'alabaga asoslangan o'yinga mezbonlik qildi.
Albatta, uchrashuv kutilganidek og'ir kechdi. Raqib “Qo'qon-1912” edi va bu o'z-o'zidan vodiy derbisi deb nomlanadi. Stadionda muxlislar doimgidek yevromacha muhitni yaratishdi va bu o'zgacha zavqli edi.
Bahsni mezbonlar xavfli hujumlar bilan boshladi. Ismonaliev, Turdimurodov kabi o'yinchilarning zarbalari xavfli chiqdi. Keyinchalik esa qo'qonliklar ancha faol o'ynay boshladilar. Natijada 18-daqiqada Nimeli hisobni ochdi. Bo'lim oxiraga qadar mezbonlarning uyushtirgan hujumlari besamar bo'ldi. Qolaversa, raqib jiddiy qarshilik ko'rsatdi.
Tanaffusdan keyin “Burgutlar” kutilganidek o'yin shiddatini yanada oshirishdi. Golga yaqin kelgan maydon egalari nihoyat 76-daqiqaga kelib o'z maqsadiga erishdi. Rustam Turdimurodov “Andijon”ga qaytgach, dastlabki golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuvning kulminasion nuqtasi esa 90+1-daqiqada yuz berdi. Zaxiradan maydonga tushgan Imeda Ashorita jarima maydoni ichida o'zining aniq zarbasi bilan g'alaba keltruvchi gol muallifiga aylandi.
Butun jamoa munosib o'ynadi, munosib kurashdi va xarakter ko'rsatib, oxirigacha g'alaba uchun intilishi evaziga yakunda uch ochkoni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Endi keyingi o'yin 15 sentabr kuni “Bobur arena”da O'zbekiston Kubogi nimchorak finali doirasida “Olimpik Mobiuz”ga qarshi bo'lib o'tadi.
“Andijon” – “Qo'qon-1912” – 2:1 (0:1).
10 sentabr. Andijon. “Bobur arena” stadioni. 6427 tomoshabin.
Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Avaz Abdullaev, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Andrey Sapenko
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Sherzod Rajabov
“Andijon”: Eldor Adhamov, Odil Abdumajidov, Nemanya Chalasan, Abdurahmon Komilov (Bekzod Sulaymonov, 66), Usmonali Ismonaliev, Muhammadkarim Toirov, Damir Temirov, Aziz Turg'unboev (Imeda Ashortia, 66), Po'latxo'ja Xoldorxonov (Doniyor Abdumannopov, 59), Rustam Turdimurodov, Martin Boake.
“Qo'qon-1912”: Rahimjon Davronov, Ibrohim Yo'ldoshev, Jasur Yoqubov, Alisher Salimov, Shaxzod Akramov, Muhammadasan Hasanov (Akbar O'ktamov, 66), G'ulom-Haydar Haydarov, Shota Gvazava, Javohir Sidiqov (Andro Giorgadze, 80), Iqbol Maklijonov, Silvanus Nimeli (Elbek Yo'lchiev, 80).
Gollar: Silvanus Nimeli, 18 – 0:1. Rustam Turdimurodov, 76 – 1:1. Imeda Ashortia, 90+1 – 2:1.
Ogohlantirishlar: Po'latxo'ja Xoldorxonov, 45. Muhammadkarim Toirov, 51. Rustam Turdimurodov, 76. Branko Chirich, 90+1 (jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy) – Shota Gvazava, 72.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!