OKMK klubi Odilbek Abduhamidov va Sanjarbek Odilbekov bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.
OKMK klubi o'z safiga yangi futbolchilarni qo'shib oldi. Olmaliqliklar Odilbek Abduhamidov va Sanjarbek Odilbekov bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.
Odilbek Abduhamidov va Sanjarbek Odilbekov OKMK safiga kelib qo'shildi.
Yosh va iqtidorli hujumchi Elbekjon To'ychiyev mavsum oxiriga qadar OKMK jamoasidan «Qo'qon-1912» safiga ijaraga o'tdi.
Seleksiya ishlarini davom ettirayotgan «Qo'qon-1912» jamoasi navbatdagi futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Yosh va iqtidorli hujumchi Elbekjon To'ychiyev mavsum oxiriga qadar OKMK jamoasidan ijaraga olindi.
25 yoshli himoyachi Nodirxon Ne'matxonov «Surxon» klubidan «Qizilqum» safiga o'tdi. Futbolchi yil oxirigacha mo'ljalangan shartnomani imzoladi.
Nodirxon Ne'matxonov — «Qizilqum» futbolchisi!
25 yoshli himoyachi Nodirxon Ne'matxonov jamoamiz safiga kelib qo'shildi ✅
Futbolchi «Qizilqum» ga Termizning «Surxon» klubidan yil oxirigacha mo'ljalangan shartnoma asosida transfer bo'ldi va u jamoa safida 40-raqamli libosda harakat qiladi.
Nodirxon shu kungacha «Surxon», «Neftchi», «Sho'rtan» hamda OKMK jamoalarida to'p tepishga ulgurgan.
Surxon klubi Termizdagi stadion maysasi talablarga javob bermagani sababli, uy uchrashuvlarini vaqtincha Olmaliqdagi OKMK stadionida o'tkazadi.
Termiz shahridagi stadion maysasining hozirgi holati qoniqarsiz ekani hamda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi (PFL) tomonidan belgilangan talab va standartlarga to‘liq javob bermasligi sababli, jamoamiz Superliga doirasidagi uy uchrashuvlarini vaqtincha Olmaliq shahridagi OKMK stadionida o'tkazadi.
Klubimiz tomonidan Termizdagi stadion maysasini belgilangan standartlar darajasiga keltirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Stadion PFL talablariga to‘liq mos holatga keltirilgach, jamoamiz o‘z uy uchrashuvlarini yana Termiz shahrida o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Navbahor va Paxtakor klublari O'zbekiston Superligasi tarixida 1000-o'yinini o'tkazadigan ilk jamoalarga aylanadi.
Bugun jamoamiz O'zbekiston Superligasining 12-turidan o'rin olgan bahsni o'z maydonida OKMKga qarshi o'tkazadi.
Ma'lumki, “Navbahor” milliy chempionatimizga asos solinganidan buyon Superliganing muntazam ishtirokchisi bo'lgan ikki jamoaning biri (“Paxtakor” bilan birgalikda) hisoblanadi. Bugungi o'yin “lochinlar”ning milliy chempionatimizdagi yubiley – 1000-uchrashuvi hisoblanadi.
Shuningdek, bugun o'z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qiladigan “Paxtakor” ham Superligadagi 1000-o'yinini o'tkazadi va ushbu ikki klub milliy chempionatimizda minglik dovonni ilk bora zabt etgan jamoalar sifatida tarixdan joy oladi.
Bo'lajak 1000-uchrashuvda vakillarimizga omad yor bo'lib, muxlislarga quvonch ulashishlariga tilakdoshmiz.
Superliga 22-turidan o'rin olgan So'g'diyona - OKMK uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlandi. Bosh murabbiy Ulug'bek Baqoyev o'yin haqida fikr bildirdi.
Superliga 22-turidan o'rin olgan So'g'diyona - OKMK uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlandi. Uchrashuvdan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yinni yaxshi boshladik, ikki tomon ham hujum qildi, vaziyatlar bo‘ldi. Standart vaziyatdan gol urdik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz ko‘ngildagidek chiqmadi. Gol urishimiz mumkin bo‘lgan vaziyatlar ham bo‘ldi, ammo uchrashuv oxirida ikkita gol o‘tkazib yubordik. Bu — futbol, o‘yinni 90 daqiqa davomida to‘liq o‘tkazish kerak. Futbolchilarga e’tirozim yo‘q, fidoyiliklari uchun rahmat. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Paxtakor bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev OKMKga qarshi o'yindan so'ng jamoaning o'yini va kelgusi rejalar haqida fikr bildirdi.
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev OKMKga qarshi o’yindan so’ng o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
— O'yin haqida fikringiz? — Yaxshi o'yin bo'ldi. Bahs qiyin kechishini bilardik va shunga yarasha hozirlik ko'rgandik. Bugun ko'p vaziyatlar yaratdik va unumli foydalandik. Avvalgi o'yinlarda ham ko'p vaziyat yuzaga keltirib, foydalana olmay kelayotgandik. G'alaba bilan hammani tabriklayman. Yigitlarga rahmat aytaman.
— "Paxtakor" oxirgi ikkita o'yinda ayniqsa hujumda yaxshi harakat qildi va bir nechta gollar urdi. Engillik yuzaga kelishining sababi nimada? — Mashg'ulotlarda doim hammasi yaxshi bo'lishi uchun ishlaymiz. Omadimiz kelib gollar uryapmiz. Bundan hammamiz xursandmiz. Yanayam ko'proq to'p kiritishga intilamiz.
— Bugun realizatsiya zo'r bo'ldi: to'rtta imkoniyat va uchta gol. Adashmasam, OKMKda 6-7ta vaziyat bo'ldi. Agar hisob 2:2 yoki 3:3 bo'lib qolganida "Paxtakor" yana qo'sha olarmidi? — Bu - o'yin, vaziyatlarni yuazaga keltirdik va ulardan foydalandik. Olmaliq jamoasi standartlarda kuchli ekanini futbolchilarimizga alohida uqtirgandik. Bugun raqibga imkon bermadik deb o'ylayman. Sal erkin harakat qilgan paytimiz ham bo'ldi. Kamchiliklar ustida ishlaymiz.
— Hisob 2:0dan keyin ham qarshi hujumlardan foydalanib hisobni 4:0ga keltirish mumkin edi. — To'g'ri, bugun qarshi hujumga ko'p marta chiqdik. To'g'risi, yanada yaxshi o'yin ko'rsatishimizga maydon holati yo'l qo'ymadi. Hali mavsum uzun, yoshlarga ham imkon beramiz.
— Jamoa "Al Ahli" bilan o'yinga tiklanishga ulguradimi? — Bugundan shuning ustida ishlaymiz.
— Yaqinda Ro'ziqul Berdiev va Aleksandr Xomyakov O'zbekistondagi eng yaxshi hujumkor jamoa deb OKMKni aytishgandi. — Aslida men ham ularning fikriga qo'shilaman. OKMK yaxshi jamoalardan biri. Jamoani tajribali murabbiy boshqaryapti, tarkibi ham kuchli. OKMK oxirigacha kurashib futbol o'ynaydigan jamoa. Ham o'zi o'ynaydi, ham raqibga imkon beradi. Olmaliqda g'alaba qozonish oson emas. Hozirgi OKMK oldingilarga nisbatan kuchliroq. Bu yerda boshqa jamoalarga qiyin bo'ladi deb o'ylayman.
— Elit OCHLdagi raqib "Al Ahli"ni qanchalik o'rgandingiz? — Bu jamoa o'yinlarini kuzatib boryapmiz va tahlil qilyapmiz. Har 3-4 kunda maydonga tushayotganimiz sababli yigitlarda toliqish bor. To'rt nafar futbolchimiz jarohat olgan. Zaxiramizda birgina Nasrullaev bor edi, qolganlar esa yoshlar. Albatta, "Al Ahli" bilan qiyin bo'ladi, lekin o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.
— "Paxtakor" ishlari yurishib ketishi, uchtalab gol urib g'alaba qozonishi uchun Ortiqxo'jaev ketdi degan gaplar chiqishi yoki jamoadan Kubokdan chiqib ketishi kabi intriga kerakmidi? — Biz ham birinchi davrada chempion bo'lmoqchi bo'ldik, endi shunaqasi ham bo'p turadi.
Superliga 17-turidan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov "OKMK" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
Superliga 17-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "OKMK" (2:0) uchrashuvidan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Avvalo, sizlarni ham g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin juda og‘ir kechdi. Albatta, oson bo‘lmasligini oldindan taxmin qilgandik. Raqib jamoa, mening nazarimda, yaxshi o‘yin ko‘rsata oladigan jamoalardan biri. Ularga qarshi harakat qilish juda qiyin bo‘ldi.
Yaxshiyamki, yana bir bor yigitlar sabr-toqat namoyon qilishdi. Bugun sabr qilish, o‘z imkoniyatlarimizni kutish juda muhim edi. Biz aynan shu vaziyatlarni kutishimiz kerak edi.
Umuman olganda, hamma narsa ham reja bo‘yicha kechmadi. Birinchi taymda ikki nafar himoyachimizdan ayrildik. Keyin o‘yin oxirida yana bir himoyachimiz qizil kartochka oldi.
Shunga qaramay, juda hissiyotlarga boy, ko‘p kuch talab qilgan o‘yin bo‘ldi. Yana bir bor aytaman, yigitlar haqiqiy qahramonlik ko‘rsatishdi. O‘yin oxirigacha bardosh berib, g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Buning uchun ularga katta rahmat aytaman.
Navbahor yarim himoyachisi Ruslanbek Jiyanov O'zbekiston Superligasi doirasidagi bahsda klub tarixidagi 1600-gol muallifiga aylandi.
O'zbekiston Superligasining 12-turidan o'rin olgan Navbahor – OKMK (2:3) bahsida jamoa yubiley – 1600-golini urdi. Ushbu golga mazkur uchrashuvning 8-daqiqasida jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo'llab, olmaliqliklar darvozasini ishg'ol etgan 25 yoshli yarim himoyachi Ruslanbek Jiyanov mualliflik qildi.
Shu tariqa, Jiyanov Navbahorning yubiley gollarini urgan futbolchilar ro'yxatidan joy oldi.
Biz ushbu muvaffaqiyat bilan Ruslanbek Jiyanovni tabriklaymiz.