Vali Sultonov OKMK bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi
FC OKMK ↗ ●●●●● Matbuot 👁 20

Vali Sultonov OKMK bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

Vali Sultonovning OKMKga qarshi o’yindan so’ng bildirgan fikrlari

— O'yin haqida fikringiz?
— Uchrashuv juda chiroyli va qiziqarli kechdi. Avvalambor Olmaliq jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bazan chempionatda ham shunday qiziq o'yinni ko'rmasligimiz mumkin. Bir so'z bilan aytganda, muxlislarga yoqadigan futbol kechdi desa bo'ladi.

— Bundan 13 kun avval "Xorazm" shu stadionda OKMK mehmoni bo'lgandi. Albatta, shu o'yinni ham ko'rib chiqqan bo'lishingiz tabiiy. O'sha bahs bilan solishtirganda nimalarni o'zgartira oldingiz?
— To'g'ri savol berdingiz. Jamoani kecha qabul qilib oldim va endi birinchi mashg'ulotni o'tkazdik. Bugun esa Kubokda rasmiy uchrashuvda maydonga tushdik. Afsus, to'liq tarkib bilan o'ynay olmadik, 6-7 nafar futbolchimizda jarohat bor va ular uyda qolishgan. Ko'rsatilgan o'yin uchun futbolchilarga rahmat aytaman, oxirigacha kurash olib bordik.

Mirjalol Qosimovni juda hurmat qilaman, buni ko'pchilik biladi, u kishini o'zimga ustoz deb hisoblayman. Shogird ustozdan o'tmasa, shogird emas deyishadi-ku, bugun shunga yaqin kelgandik. Olmaliq jamoasiga O'zbekiston Kubogida omad tilab qolaman.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!