Mahalliy mutaxassis Vali Sultonov «Xorazm» professional futbol klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Vali Sultonov — “Xorazm” PFK bosh murabbiyi
“Xorazm” professional futbol klubiga mahalliy mutaxassis Vali Sultonov bosh murabbiy etib tayinlandi.
Vali Sultonov jamoaning qolgan uchrashuvlarida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
Yangi bosh murabbiyga jamoamiz bilan birgalikda oldinda turgan uchrashuvlarda yuqori natijalarga erishish, klub oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yoʻlida zafarlar tilab qolamiz.
Vali Sultonov OKMKga qarshi kechgan O'zbekiston Kubogi uchrashuvidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Vali Sultonovning OKMKga qarshi o’yindan so’ng bildirgan fikrlari
— O'yin haqida fikringiz? — Uchrashuv juda chiroyli va qiziqarli kechdi. Avvalambor Olmaliq jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bazan chempionatda ham shunday qiziq o'yinni ko'rmasligimiz mumkin. Bir so'z bilan aytganda, muxlislarga yoqadigan futbol kechdi desa bo'ladi.
— Bundan 13 kun avval "Xorazm" shu stadionda OKMK mehmoni bo'lgandi. Albatta, shu o'yinni ham ko'rib chiqqan bo'lishingiz tabiiy. O'sha bahs bilan solishtirganda nimalarni o'zgartira oldingiz? — To'g'ri savol berdingiz. Jamoani kecha qabul qilib oldim va endi birinchi mashg'ulotni o'tkazdik. Bugun esa Kubokda rasmiy uchrashuvda maydonga tushdik. Afsus, to'liq tarkib bilan o'ynay olmadik, 6-7 nafar futbolchimizda jarohat bor va ular uyda qolishgan. Ko'rsatilgan o'yin uchun futbolchilarga rahmat aytaman, oxirigacha kurash olib bordik.
Mirjalol Qosimovni juda hurmat qilaman, buni ko'pchilik biladi, u kishini o'zimga ustoz deb hisoblayman. Shogird ustozdan o'tmasa, shogird emas deyishadi-ku, bugun shunga yaqin kelgandik. Olmaliq jamoasiga O'zbekiston Kubogida omad tilab qolaman.