Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Xorazm — yangiliklari

Xorazm va bog'liq yangiliklar

Xorazm O‘zbekiston chempionatida 300-o‘yinini o‘tkazdi

Xorazm O‘zbekiston chempionatida 300-o‘yinini o‘tkazdi

Xorazm klubi O‘zbekiston chempionati yuqori divizionida o‘zining 300-uchrashuvini o‘tkazdi. Jamoa Qizilqumga qarshi bahs bilan ushbu marraga yetdi.

Xorazm Superligadagi 300-o‘yinini o‘tkazdi

Kecha Qizilqum'ga qarshi bahs Urganch klubi uchun O‘zbekiston chempionati yuqori divizionidagi 300-uchrashuv sifatida tarixda qoldi

300 o‘yin
74 g‘alaba
56 durang
170 mag‘lubiyat
To‘plar farqi 332:589

“Xorazm” PFKda rahbariyat o‘zgardi

“Xorazm” PFKda rahbariyat o‘zgardi

“Xorazm” PFK bosh direktori lavozimida o‘zgarish yuz berdi. Ro‘zimboy Ahmedov o‘rniga Xursandbek Matkarimov vaqtincha bosh direktor etib tayinlandi.

“Xorazm” PFK rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi. Klub bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ro‘zimboy Ahmedov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Xursandbek Matkarimov “Xorazm” PFK bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Xursandbek Matkarimovga yangi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!

Xorazm bilan durang: murabbiy o'yin haqida fikr bildirdi

Xorazm bilan durang: murabbiy o'yin haqida fikr bildirdi

Murabbiy Xorazmga qarshi kechgan bahs va sun'iy qoplama bilan bog'liq qiyinchiliklar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Xo‘sh, eng birinchi muammo — bu, albatta, sun’iy qoplama bo‘ldi. Tabiiy chimdan sun’iy maydonga o‘tish... ochig‘ini aytsam, aynan shundan xavotirda edik. Shunga yarasha o‘zimizga o‘yin uchun aniq bir reja tuzib oldik.

Birinchi bo‘limda tashabbus «Xorazm» tomonida bo‘ldi. To‘p nazoratini ushlab turishdi, hujumlar tashkil qilishdi, xavfli vaziyatlar yaratishdi. Birinchi bo‘limda, to‘g‘risi, bizda hamma narsa ham o‘xshayvermadi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin jonlandi, ancha hujumkor ko‘rinish oldi. Keyin bir qator almashtirishlarni amalga oshirdik, zaxiradan tushgan futbolchilarimiz o‘yinni kuchaytirishdi. Umuman olganda, fikrimcha, bu durangga loyiq bahs bo‘ldi.

Qisqasi, «Xorazm» uchun ham, biz uchun ham... xolisona aytganda, bugun ikki jamoa ham durangga loyiq o‘yin ko‘rsatdi.

Yigitlarga maydonda borlarini berishgani va umuman butun o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman. «Xorazm» jamoasiga esa kelgusi bahslarda omad tilayman. Rahmat.

Xorazm 0:0 So'g'diyona: Superliga 21-tur uchrashuvi yakunlandi

Xorazm 0:0 So'g'diyona: Superliga 21-tur uchrashuvi yakunlandi

Superliga 21-tur doirasidagi Xorazm hamda So'g'diyona jamoalari o'rtasidagi bahs golsiz durang bilan yakunlandi.

Superliga 21-tur doirasidagi Xorazm hamda So'g'diyona jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

O'yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi. Uchrashuv statistikasi ham qayd etildi.

Bog'liq yangiliklar

Aleksandr Andronikashvili jarohati va davolanish jarayoni haqida gapirdi

Aleksandr Andronikashvili jarohati va davolanish jarayoni haqida gapirdi

«Andijon» yarim himoyachisi Aleksandr Andronikashvili jarohati va reabilitatsiya jarayoni haqida gapirib berdi.

Aleksandr Andronikashvili: «Dunyoning eng buyuk klublari ham shunday muxlislarga ega bo'lishni orzu qilsa kerak»

«Andijon»ning gruziyalik tayanch yarim himoyachisi Aleksandr Andronikashvili o'z o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongani shubhasiz. Shu bois u jamoada o'z o'rniga ega bo'ldi. Biroq futbolda jarohat degan yoqimsiz holat ham bo'lib, bu har bir o'yinchi bilan sodir bo'lishi mumkin.

Afsuski, Andronikashvilida ham aynan jarohat yuz berdi va natijada davolanish uchun Gruziyaga yo'l olishiga to'g'ri keldi. Unga oyog'idagi chov sohasining yallig'lanish sindromi tashxisi qo'yilgan bo'lib, futbolchi aynan shu yo'nalishda davolanish jarayonida. E'tiborlisi, Gruziya terma jamoasi shifokori futbolchimizni davolamoqda. Albatta, klub shifokori ham futbolchi bilan doimiy aloqada va nazorat qilib bormoqda.

O'z navbatida Aleksandr Andronikashvili jarohati bo'yicha klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Sandro yaxshimisiz? Jarohatingiz sababli Gruziyada davolanib kelmoqdasiz. Ayting-chi, davolanish jarayoni qanday davom etmoqda?
- Assalomu alaykum. Ha, hozir Gruziyada va eng yaxshi shifokorlar nazorati ostida reabilitatsiya jarayonini o'tayapman. Barcha zarur muolajalarni olmoqdaman. Buning sababi — Andijonda bunday imkoniyatlar mavjud emas
- Aslida bu jarohat qachon sodir bo'lgandi?
- Bu jarohatni Urganchning «Xorazm» jamoasiga qarshi o'yinda olganman.
- Umuman olganda, o'zingizni qanday his qilyapsiz va jamoaga qachon qo'shilasiz?
- O'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Allaqachon reabilitatsiya mashqlarini boshladim. Yaqin orada jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishishimga umidim katta. Albatta, bu reabilitatsiya jarayoni qanday kechishiga bog'liq.
- Muxlislar sizni qo'llab-quvvatlagan holda tezroq qaytishingizni kutishmoqda. Ular uchun nima deya olasiz?
- Muxlislarga chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Chunki ularning ulkan qo'llab-quvvatlashini doimo his qilib turaman. Maydonga qaytib, ularga quvonch ulashishni intiqlik bilan kutyapman. O'ylaymanki, dunyoning eng buyuk klublari ham shunday muxlislarga ega bo'lishni orzu qilsa kerak.
- Oldin ham shunday jarohat bilan davolanganmisiz?
- Ha, avval ham shunga o'xshash jarohat olganman. Shuning uchun tezroq tiklanish va imkoni boricha tezroq jamoaga yordam berish uchun qanday davolanish kerakligini yaxshi bilaman.
- Hozirda qanday muolaja va reabilitatsiya jarayonlarini olyapsiz?
SIS
TECAR
US Therapy
EMS
Manual Therapy
Kinesiotherapy
PRP

Izoh:

SIS — yuqori intensivlikdagi elektromagnit stimulyatsiya terapiyasi
TECAR — TECAR-terapiya, to'qimalarni tiklash va qon aylanishini yaxshilashga qaratilgan fizioterapiya
US Therapy — ultratovush terapiyasi
EMS — elektromiostimulyatsiya
Manual Therapy — manual terapiya
Kinesiotherapy — kinezioterapiya, harakat va maxsus mashqlar orqali reabilitatsiya
PRP — trombotsitlarga boy plazma terapiyasi.

Shuningdek, «Andijon» klubi shifokori Olimjon Ne'matov Andronikashvilining jarohati haqida shunday dedi:

«Andronikashviliga qo'yilgan diagnoz — ARS sindromi. Bu jarohatni tezda davolab yuborishning aniq va qisqa yo'li yo'q. Faqat dori-darmonlar bilan uni qisqa vaqt ichida bartaraf etib bo'lmaydi.
Bundan jarohat kompleks terapiya asosida davolanadi. Davolash jarayonida asosiy e'tibor LFK va maxsus, ya'ni spesifik mashqlarga qaratiladi. Qolgan muolajalar esa asosan simptomatik davolashdan iborat. Andijonda esa PRP va TECAR terapiyasi kabi davolash usullaridan foydalanish imkoniyati bo'yicha ayrim muammolar bor.
Umuman olganda, bu jarohatni davolash ma'lum vaqt talab qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri — ushbu sohaning anatomik jihatdan o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanidir».