Superliga 28-turidan o’rin olgan “Xorazm” – “Buxoro” (0:0) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Aytolmaymanki, bu tomoshabop oʼyin boʼldi. Mavsum yakuniga yaqinlashgani ham tushunarli, bunday paytda golli vaziyatlar koʼp boʼlmaydi, maydonda kurash koʼproq boʼladi. Bizda ham, albatta, vaziyatlar koʼp boʼlmadi. Umuman olganda, deyarli hech narsa yarata olmadik. Raqibda ham gol urish uchun imkoniyatlar tez-tez yuzaga kelmadi.
Nazarimda, raqib birga-bir chiqdi, lekin umumiy olganda, jamoaning hozirgi holati tushunarli. Shunday qilib, durang qayd etildi. Buni kurashlarga boy durang deyish mumkin. Bir ochko ishlab oldik.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!