OKMK 1:0 Xorazm: Konchilar muhim g'alabani qo'lga kiritdi
FC OKMK ↗ ●●●●● Natijalar 👁 28

OKMK 1:0 Xorazm: Konchilar muhim g'alabani qo'lga kiritdi

Superliga doirasida OKMK “Xorazm”ga qarshi bahs olib borib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Konchilar” muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan OKMK hujumkor futbol namoyish etdi. 13-daqiqada Nodir Abdurazzoqovning zarbasi darvozaning tashqi tomoniga tegdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib esa OKMK hisobni ochdi. Siavash Haqnazari maydon markaziga yaqin hududdan yo‘llagan aniq zarbasi bilan jamoamizni oldinga olib chiqdi.

“Xorazm”ning 17-daqiqadagi goli o‘yindan tashqari holat sabab hisobga olinmadi.

19-daqiqada Aziz Xolmurodov xavfli hujumni yakunlab, zarba berdi. “Xorazm” darvozaboni Umidjon Ergashev to‘pni qaytardi. 21-daqiqada “Xorazm” jarima maydonidagi vaziyat VAR orqali ko‘rib chiqildi, biroq penalti belgilanmadi. 26-daqiqada Nodir Abdurazzoqov birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo darvozabon yana seyv bilan OKMKning ikkinchi goliga yo‘l qo‘ymadi.

Ikkinchi bo‘limda OKMK hisobdagi ustunlikni saqlab qolish bilan birga, qarshi hujumlarda xavfli vaziyatlar yaratdi. 51-daqiqada Aziz Xolmurodovning zarbasini Ergashev qaytardi. 75-daqiqada esa Hazratjon Tursunqulovning kuchli zarbasi ham darvozabon tomonidan bartaraf etildi.

Qolgan vaziyatlarda OKMK himoyasi ishonchli harakat qilib, minimal ustunlikni saqlab qoldi. Yakuniy hushtakdan so‘ng OKMK 1:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi va noxush an’anaga barham berdi!

Superliga. 20-tur.
OKMK FK — “Xorazm” 1:0
Gollar: Siavash Haqnazari (15)

Bosh hakam: Nayim Qosimov. Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboyev, Elnur Doniyorov. Zaxira hakami: Salohiddin Akramov. VAR: G‘ayrat Jo‘rayev. AVAR: Dias Galeyev. Nazoratchi: Bobur Haydarov. Komissar: Akmal Rahmatov.

OKMK tarkibi: 23.Hamidullo Abdunabiyev, 3. Shahzod Toirov, 4. Mirjamol Qosimov (28. Arihiro Sentoku, 84), 5. Giorgi Papava, 7. Dilshod Ahmadaliyev, 9. Aziz Xolmurodov (27. Urosh Koyich, 74), 10. Asadbek Sobirjonov, 17. Nodirbek Abdurazzoqov (21. Hazratjon Tursunqulov, 74), 19. Ahmadullo Muqimjonov, 44. Abror Karimov, 88. Siavash Haqnazari.

“Xorazm” tarkibi: 77. Umidjon Ergashev, 9. Sardorbek Azimov (71. Umid Sultonov, 61), 13. Elzio Lohan (6. Nurjahon Muzaffarov, 46), 15. Diyor Ortiqboyev, 17. Danil Nugumanov, 22. Sunnatulloh Hamidjonov (12. Maksim Shiryayev, 46), 25. Matiya Rom, 55. Azizbek Pirmuhammadov, 90. Ulug‘bek Hoshimov, 94. Rustam Abduhamidov (79. Aziz Ahrorov, 79), 96. Rafael Sabinyo (34. Suhrob Izzatov, 61).

Ogohlantirishlar: Rafael Sabinyo (39), Diyor Ortiqboyev (82).

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!