OKMK 2:1 Xorazm: Konchilar chorak finalda
FC OKMK ↗ ●●●●● Natijalar 👁 16

OKMK 2:1 Xorazm: Konchilar chorak finalda

OKMK jamoasi O‘zbekiston Kubogi 1/8 final uchrashuvida «Xorazm»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi! 🔥

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida jamoalar ehtiyotkor harakat qildi. OKMK bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirib, hisobni ochishga yaqin keldi. 60-daqiqada esa hakam tomonidan belgilangan penaltini Siavash Haqnazari aniq ijro etib, jamoamizni oldinga olib chiqdi — 1:0.

«Xorazm» 87-daqiqada hisobni tenglashtirib, uchrashuvni yanada keskinlashtirdi — 1:1. Biroq so‘nggi daqiqalarda OKMK bosimni oshirdi. VAR ko‘rigidan so‘ng jamoamiz foydasiga yana bir penalti belgilandi. 90+9-daqiqada Siavash Haqnazari imkoniyatdan unumli foydalanib, dublini rasmiylashtirdi va OKMKga muhim g‘alabani taqdim etdi — 2:1.

O‘zbekiston kubogi. 1/8 final.

OKMK FK — «Xorazm» 2:1

Gollar: Siavash Haqnazari (60, pen), (90+9, pen) — Umidbek Sultonov (87).

Bosh hakam: Umidjon Rahimjonov. Yordamchi hakamlar: Sardor Sodiqov, Abdurahmon Shukurullayev. Zaxira hakami: Sanjar Nazarov. VAR: Doston Rahmonov. AVAR: Shohnur Yo'ldoshev. Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev. Komissar: Diyor Xotamqulov.

OKMK: 23.Hamidullo Abdunabiyev, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliyev, 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 8.Abubakr Rizo Turdialiyev, 9.Aziz Xolmurodov, 17.Nodirbek Abdurazzoqov, 19.Ahmadullo Muqimjonov, 27.Urosh Koyich, 88.Siavash Haqnazari.

Zaxira: 1.Muhammad Ubaydullayev, 3.Shahzod Toirov, 10.Asadbek Sobirjonov, 11.Ali Abdurahmonov, 21.Hazratjon Tursunqulov, 22.Saidafzalxon Ahrorov, 28.Arihiro Sentoku, 30.Abror Sarimsoqov, 77.Ivan Peshich.

«Xorazm»: 77.Umidjon Ergashev, 5.Abbosjon Otaxonov, 6.Nurjahon Muzaffarov, 9.Sardor Azimov, 10.Rafael Tavares, 12.Maksim Shiryayev, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 34.Suhrob Izzatov, 79.Azizjon Ahrorov, 88.Abror Xo'sinov, 96.Rafael Sabino Dos Santos.

Zaxira: 33.Nikolo Stoshich, 3.Ravshonbek Sultanov, 7.Timur Ismoilov, 11.Danila Ejov, 17.Daniil Nugumanov, 23.Sarvar Bekchanov, 41.Ismandiyor Ummatov, 55.Azizbek Pirmuhammedov, 71.Umidbek Sultonov.

Ogohlantirishlar: Ahmadullo Muqimjonov (31), Avazbek O’lmasaliyev (76), Asadbek Sobirjonov (90+1) — Nurjahon Muzaffarov (73), Sunnatulloh Hamidjonov (77), Abbosjon Otaxonov (90+13).

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!