Xorazm PFK bosh murabbiyi Sergey Tokov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilindi.
Xorazm PFK bosh murabbiyi Sergey Tokov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan o‘zaro kelishuv asosida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Xorazm PFK rahbariyati Sergey Tokov hamda murabbiylar shtabi a’zolariga klubdagi faoliyati, jamoa rivoji yo‘lidagi mehnati va qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiradi.
Klub Sergey Tokov va murabbiylar shtabiga kelgusidagi professional faoliyatida muvaffaqiyat va omad tilaydi.
Rustam Turdimurodov «Andijon»ga qaytishi, jamoa bilan maqsadlari va vodiy derbisiga tayyorgarlik haqida gapirdi.
«Andijon» klubi yozgi transferlar doirasida iqtidorli hujumchi Rustam Turdimurodovni o'z safiga qo'shib oldi. Futbolchi avval ham ushbu jamoada to'p surgan va tajriba orttirgan edi. Bir yillik tanaffusdan so'ng, Rustam jamoaga qaytdi.
Hujumchi klubga qaytishi va kelgusi rejalar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Assalomu alaykum. Xudo xohlasa, bu boshqacha qaytish bo'ldi. Baribir jamoa va bu muhit boshqa. Bu yerdagi fan-klub, muxlislar ham boshqacha.
- Dastlab bu ma'lumotni agentim tomonidan eshitdim. Yozgi transfer oynasi ochilganida shu xabar keldi. Albatta, oldimizda boshqa klublarning variantlari ham bor edi. Hammasini ko'rib chiqib, yakunda «Andijon»ga to'xtaldik.
- O'sha davrlardagi xayolimga keladigan birinchisi – bu «Andijon» tarkibida ilk bor tarix yaratganimiz. Farg'onada O'zbekiston Kubogini yuqoriga ko'targanimiz, Andijon ahlini xursand qilganimiz albatta esga keladi.
- Birinchi navbatda sharoit o'zgargan. Yangi baza, bu yerda hamma sharoitlar bor. Yangi mashg'ulot maydonlari, ichki muhit, qulay shart-sharoitlar yangilangan. Hammasi ajoyib.
- Avvalo, «Andijon»ni tanlashimda agentim yordam berdi. Chunki bu yerda bo'lganman, o'ynaganman va «Andijon»ga yordam berish uchun keldik. Oldimizda 15-16 ta o'yin bor, maqsad qo'yganmizki, ko'proq gollar urib, yaxshi statistika qayd etib, jamoaga yordam berib, chempionlikka da'vogar bo'lish niyati bilan keldik. Xudo xohlasa, harakat qilamiz.
- Albatta, maqsadim oldingi yoqimli onlarni takrorlash va Kubokni yana bir bor boshimiz uzra ko'tarish.
- Bu yil ko'proq gol urmoqchiman. Birinchi maqsadim 10 ta gol urish. Chunki oldingi o'ynagan paytlarimda 8-9 ta gol urganman. Endi ko'proq urmoqchiman.
- Ko'p derbilarda bo'ldim. Baribir vodiy derbisi boshqacha. Bu yerda bo'lganimda ham o'ynaganman. Bu derbida faqat «Andijon» uchun, g'alaba uchun chiqamiz. Borimizni beramiz, o'yinga 100 foiz tayyorlanamiz va tayyor bo'lib chiqamiz.
- O'yinga kelib bizni qo'llab-quvvatlashlariga ishonaman, Xudo xohlasa, g'alabani birga nishonlashni tilab qolaman! 👍
Rustam Turdimurodov «Paxtakor»dan «Andijon» safiga qaytdi. Hujumchi joriy mavsumning ikkinchi qismini «burgutlar» safida o'tkazadi.
Yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida «Andijon» jamoasi tarkibni iqtidorli hujumchi Rustam Turdimurodov bilan kuchaytirdi.
Rustam 2004 yilning 4 aprel kuni Toshkentda tavallud topgan. Futbolchi uchun jamoamiz begona emas. U 2024 yilda «Andijon»ga qo'shilgan va 2025 yilning yarmigacha faoliyat olib borgan. O'shanda Rustam «Burgutlar» tarkibida bir yarim yil mobaynida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol muallifiga aylangan.
Joriy yilning birinchi yarmini «Paxtakor»da o'tkazgan hujumchi 13 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi. Oradan bir yil o'tib, «Paxtakor» hujumchisi yana o'zi uchun qadrdon bo'lgan «Andijon»ga qaytdi.
Ishonamizki, Rustam mavsumning ikkinchi qismida o'zining ajoyib o'yinlari va gollari bilan jamoamizga foyda keltiradi. Jamoamizning ahil oilasiga qaytganing bilan, Rustam!
Xorazm klubi tarkibni yangi futbolchilar bilan to'ldirdi. Jamoa safiga Andijonning sobiq a'zosi, rossiyalik himoyachi hamda braziliyalik hujumchi kelib qo'shildi.
Xorazm klubi tarkibni yangi futbolchilar bilan to'ldirdi. Jamoa safiga Andijonning sobiq a'zosi, rossiyalik himoyachi hamda braziliyalik hujumchi kelib qo'shildi.
Mahalliy mutaxassis Vali Sultonov «Xorazm» professional futbol klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Vali Sultonov — “Xorazm” PFK bosh murabbiyi
“Xorazm” professional futbol klubiga mahalliy mutaxassis Vali Sultonov bosh murabbiy etib tayinlandi.
Vali Sultonov jamoaning qolgan uchrashuvlarida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
Yangi bosh murabbiyga jamoamiz bilan birgalikda oldinda turgan uchrashuvlarda yuqori natijalarga erishish, klub oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yoʻlida zafarlar tilab qolamiz.
Xorazm klubi o'z safiga uch nafar yangi futbolchi – Sardor Azimov, Maksim Shiryayev va Rafael dos Santos Tavareshni qo'shib oldi.
Xorazm klubi o'z safiga uch nafar yangi futbolchini qo'shib oldi. Jamoa tarkibini Sardor Azimov, Maksim Shiryayev hamda Rafael dos Santos Tavaresh to'ldirdi.
«Mash'al» futbol klubi yarim himoyachisi Nurjahon Muzaffarov jamoa bilan xayrlashdi.
«Mash'al» futbol klubi yarim himoyachisi Nurjahon Muzaffarov jamoani tark etdi.
U klubimiz sharafini himoya qilgan davr mobaynida har bir o'yinda bor kuchi va mahoratini namoyon etib, jamoa manfaati yo'lida sidqidildan mehnat qildi. Quvonchli g'alabalarda ham, og'ir va sinovli kunlarda ham jamoa bilan birga bo'ldi. Nurjahon Muzaffarovga «Mash'al» futbol klubi rivojiga qo'shgan hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Barchasi uchun rahmat! Kelgusi faoliyatingizda muvaffaqiyat, mustahkam sog'liq va yangi zafarlar tilaymiz. «Mash'al» oilasi eshigi siz uchun har doim ochiq bo'lib qoladi.