Rustam Turdimurodov: «Andijon»ga qaytganimdan xursandman»
FC ANDIJON ↗ ●●●●● Transfer 👁 9

Rustam Turdimurodov: «Andijon»ga qaytganimdan xursandman»

«Andijon» klubi yozgi transferlar doirasida iqtidorli hujumchi Rustam Turdimurodovni o'z safiga qo'shib oldi. Futbolchi avval ham ushbu jamoada to'p surgan va tajriba orttirgan edi. Bir yillik tanaffusdan so'ng, Rustam jamoaga qaytdi.

Hujumchi klubga qaytishi va kelgusi rejalar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Assalomu alaykum. Xudo xohlasa, bu boshqacha qaytish bo'ldi. Baribir jamoa va bu muhit boshqa. Bu yerdagi fan-klub, muxlislar ham boshqacha.
- Dastlab bu ma'lumotni agentim tomonidan eshitdim. Yozgi transfer oynasi ochilganida shu xabar keldi. Albatta, oldimizda boshqa klublarning variantlari ham bor edi. Hammasini ko'rib chiqib, yakunda «Andijon»ga to'xtaldik.
- O'sha davrlardagi xayolimga keladigan birinchisi – bu «Andijon» tarkibida ilk bor tarix yaratganimiz. Farg'onada O'zbekiston Kubogini yuqoriga ko'targanimiz, Andijon ahlini xursand qilganimiz albatta esga keladi.
- Birinchi navbatda sharoit o'zgargan. Yangi baza, bu yerda hamma sharoitlar bor. Yangi mashg'ulot maydonlari, ichki muhit, qulay shart-sharoitlar yangilangan. Hammasi ajoyib.
- Avvalo, «Andijon»ni tanlashimda agentim yordam berdi. Chunki bu yerda bo'lganman, o'ynaganman va «Andijon»ga yordam berish uchun keldik. Oldimizda 15-16 ta o'yin bor, maqsad qo'yganmizki, ko'proq gollar urib, yaxshi statistika qayd etib, jamoaga yordam berib, chempionlikka da'vogar bo'lish niyati bilan keldik. Xudo xohlasa, harakat qilamiz.
- Albatta, maqsadim oldingi yoqimli onlarni takrorlash va Kubokni yana bir bor boshimiz uzra ko'tarish.
- Bu yil ko'proq gol urmoqchiman. Birinchi maqsadim 10 ta gol urish. Chunki oldingi o'ynagan paytlarimda 8-9 ta gol urganman. Endi ko'proq urmoqchiman.
- Ko'p derbilarda bo'ldim. Baribir vodiy derbisi boshqacha. Bu yerda bo'lganimda ham o'ynaganman. Bu derbida faqat «Andijon» uchun, g'alaba uchun chiqamiz. Borimizni beramiz, o'yinga 100 foiz tayyorlanamiz va tayyor bo'lib chiqamiz.
- O'yinga kelib bizni qo'llab-quvvatlashlariga ishonaman, Xudo xohlasa, g'alabani birga nishonlashni tilab qolaman! 👍
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!