#P. Sapaev — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Xorazm PFK va Zenit FK hamkorlik memorandumi imzoladi

Xorazm PFK va Zenit FK hamkorlik memorandumi imzoladi

Xorazm PFK va Rossiyaning Zenit klubi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tomonlar futbolni rivojlantirish va tajriba almashishni maqsad qilgan.

Xorazm futbolini yanada rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘rganish va yosh futbolchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xorazm futbol klubi bosh direktori X. Matkarimov, Xorazm viloyati futbol akademiyasi direktori Sh. Ibodullayev hamda “Zenit” futbol klubining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul vakili P. Sapaev ishtirok etdilar.

Muloqot davomida kelgusida Xorazm futbolini rivojlantirish, murabbiylar malakasini oshirish, yosh va iqtidorli futbolchilarni saralash, shuningdek, xalqaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishib, tegishli memorandum imzoladilar.

Mazkur hamkorlik Xorazm futboli rivoji, yosh avlod futbolchilarining salohiyatini oshirish va yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Xorazm futboli — yangi marralar sari! 🧡

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.