Xorazm murabbiylar shtabida o'zgarishlar
XORAZM PFC ↗ ●●●●● Umumiy 👁 41

Xorazm murabbiylar shtabida o'zgarishlar

🟡YANGI MURABBIYLAR — YANGI RUH, YANGI MAQSADLAR!

“Xorazm” professional futbol klubida so‘nggi kunlarda jamoa rivoji va kelgusi natijalar yo‘lida muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Oktyabr oyidan boshlab murabbiylar shtabiga yangi mutaxassislar rasman ish boshladi.
⚽️ Asror Aliqulov — yordamchi murabbiy
⚽️ Jasurbek Atajanov — murabbiy
🧤 Mixael Naumov — darvozabonlar murabbiyi

Yangi mutaxassislarning jamoaga qo‘shilishi bilan mashg‘ulot jarayonlari, o‘yin oldi tayyorgarlik va jamoaviy taktika yo‘nalishlarida yangi yondashuvlar shakllanmoqda.

Buning dastlabki natijasini kechagi “Neftchi”ga qarshi uchrashuvda ham ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Albatta, bu natijada futbolchilarning mehnati, bosh murabbiy Vali Sultonov boshchiligidagi murabbiylar shtabining ishlari va yangi mutaxassislarning jamoaga qo‘shgan hissasi alohida ahamiyatga ega.

Bu — hali boshlanishi.
“Xorazm” PFKda o‘zgarishlar davom etmoqda. Asosiy maqsad esa bitta — jamoani yanada kuchaytirish, munosib futbol namoyish etish va yuqori natijalar uchun kurashish!

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!