OKMK hakamlar qarori yuzasidan shikoyat kiritmadi
FC OKMK ↗ ●●●●● Matbuot 👁 38

OKMK hakamlar qarori yuzasidan shikoyat kiritmadi

Superliga 23-tur doirasidagi OKMK - “Navbahor” uchrashuvi davomida va yakunida yuz bergan bir qancha bahsli vaziyatlar nafaqat maydondagi, balki VARdagi hakamlar qarorlari yuzasidan shikoyat yozish uchun yetarli.

Lekin, yaqindagina O’zFHM va klub rahbariyati o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvdagi o’zaro kelishuv yuzasidan rasmiy shikoyat kiritmadik.

O’zFHM rahbariyatining bizni ishontirganidek, bundan buyon hakamlar yuzasidan shikoyat yozilishi shart emas, endi o’zimiz noto’g’ri qaror chiqargan hakamlarni jazolaymiz, deb aytgan va’dalariga ishongan holda, ularning adolatli qarorini kutib qolamiz!

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!