So'g'diyona 1:2 OKMK: Ulug'bek Baqoyev mag'lubiyatdan so'ng fikrlarini bildirdi
SOGDIANA JIZZAKH ↗ ●●●●● Natijalar 👁 3

So'g'diyona 1:2 OKMK: Ulug'bek Baqoyev mag'lubiyatdan so'ng fikrlarini bildirdi

Superliga 22-turidan o'rin olgan So'g'diyona - OKMK uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlandi. Uchrashuvdan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yinni yaxshi boshladik, ikki tomon ham hujum qildi, vaziyatlar bo‘ldi. Standart vaziyatdan gol urdik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz ko‘ngildagidek chiqmadi. Gol urishimiz mumkin bo‘lgan vaziyatlar ham bo‘ldi, ammo uchrashuv oxirida ikkita gol o‘tkazib yubordik. Bu — futbol, o‘yinni 90 daqiqa davomida to‘liq o‘tkazish kerak. Futbolchilarga e’tirozim yo‘q, fidoyiliklari uchun rahmat. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!