O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichida Navbahor Nasafni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Hal qiluvchi gol Ruslanbek Jiyanov hisobiga yozildi.
Navbahor yarim himoyachisi Ruslanbek Jiyanov O'zbekiston Superligasi doirasidagi bahsda klub tarixidagi 1600-gol muallifiga aylandi.
O'zbekiston Superligasining 12-turidan o'rin olgan Navbahor – OKMK (2:3) bahsida jamoa yubiley – 1600-golini urdi. Ushbu golga mazkur uchrashuvning 8-daqiqasida jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo'llab, olmaliqliklar darvozasini ishg'ol etgan 25 yoshli yarim himoyachi Ruslanbek Jiyanov mualliflik qildi.
Shu tariqa, Jiyanov Navbahorning yubiley gollarini urgan futbolchilar ro'yxatidan joy oldi.
Biz ushbu muvaffaqiyat bilan Ruslanbek Jiyanovni tabriklaymiz.
Navbahor futbolchilari Jasurbek Jaloliddinov, Ruslanbek Jiyanov, Diyorbek Xolmatov va Husayn Norchayev O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'iniga chaqirildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21-sentabr kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi.
Yig‘in doirasida terma jamoamiz Eron, Suriya hamda Koreya Respublikasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Bosh murabbiy Fabio Kannavaro tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e'lon qilindi.
Bu safargi yig'inga jamoamizdan Jasurbek Jaloliddinov, Ruslanbek Jiyanov, Diyorbek Xolmatov va Husayn Norchayevlar jalb qilindi. Biz futbolchilarimizga yig'in davomida kuch-quvvat, omad va zafarlar tilab qolamiz.