O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyidagi yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Mazkur yig'inga, jamoamiz a'zolari Jasurbek Jaloliddinov, Husayn Norchayev, Ruslanbek Jiyanov hamda Diyorbek Xolmatovlar taklif etildi.
Yig'in doirasida terma jamoamiz Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.
O'zbekiston - Rossiya
12-noyabr, 20:00 | “Paxtakor” stadioni, Toshkent
Saudiya Arabistoni - O'zbekiston
17-noyabr, 20:30 (Toshkent vaqti bilan) | "Jassim bin Hamad" stadioni, Doha
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!