Qo'qon-1912 0:1 So'g'diyona: Shahzod Akramovning avtogoli mehmonlarga g'alaba keltirdi
Superliga 28-turidan o'rin olgan bahsda So'g'diyona Qo'qon-1912 ustidan g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Shahzod Akramovning avtogoli evaziga kiritildi.
Superliga 28-turidan o'rin olgan bahsda Qo'qon-1912 o'z maydonida So'g'diyona jamoasini qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.
O'yinning 74-daqiqasida Shahzod Akramov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi va bu gol uchrashuvdagi yagona natijaga aylandi.