Mash'al bosh murabbiyi mag'lubiyat sabablarini tushuntirdi
FCMASHAL.UZ ↗ ●●●●● Matbuot 👁 30

Mash'al bosh murabbiyi mag'lubiyat sabablarini tushuntirdi

- O'yin haqida fikringiz?

- 0:3 hisobida mag'lub bo'ldik va xatolar ham shunga yarasha bo'ldi. Haqli mag'lubiyatga uchradik. O'z jarima maydonchamiz ichida xatolar kuzatildi, boshqa hech narsa qo'sha olmayman.

- Sardor Abduraimov, Xumoyun Murtazoyev kabi tajribali futbolchilarda pasayish kuzatilmoqda. Bu nima bilan bog'liq?

- Menimcha, pasayish haqida gapirib o'zingiz javobni aytib bo'ldingiz. To'g'ri, yetakchilar biz xohlagan o'yinni namoyish eta olishmayapti, lekin yoshlarimiz yomon emas deb ayta olaman. Yoshlarga suyanamiz, ular yordam beradi deb o'ylayman. Oldimizda boshqa variant yo'q.

- Murtazoyev oxirgi o'yinlarda zaxiradan tushyapti. 90 daqiqa o'ynashga jismoniy holati yo'l bermaydimi?

- Xumoyun kecha mashg'ulot payti jarohat oldi. Shu bois bugun asosiy tarkibda tushirmadik. U ukol oldi va o'ynashga tayyorman dedi. Shundan so'ng 15 daqiqaga tushirdik. Aslida asosiy tarkibda o'ynashi kerak edi. Shuning uchun o'rniga Jo'raboyev tushdi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!