O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov «So'g'diyona»ni tark etdi. Tomonlar shartnomani o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilishdi.
O'tgan yilgi yozgi transferlar mavsumida jamoamiz safiga kelib qo'shilgan, O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, mahoratli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov bilan o'zaro kelishuv asosida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Joriy mavsumda Jasur Jaloliddinov jamoamiz safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist muallifiga aylandi.
Jasur Jaloliddinovga jamoamiz safidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.
O'zbekiston Superligasining 19-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi. "Lokomotiv" yirik hisobda g'alaba qozondi, "Navbahor" esa safarda zafar quchdi.
Mahoratli yarim himoyachi Jasurbek Jaloliddinov «Navbahor» bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi Namanganda sovrinlar yutishni maqsad qilgan.
Jamoamiz yozgi transfer oynasidan unumli tarzda foydalanishga harakat qilmoqda. Bugun mahoratli yarim himoyachi Jasurbek Jaloliddinov «Navbahor» bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng, futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
«Navbahor»dan taklif bo‘lganida, buni ikkilanishsiz qabul qildim. Bunga esa jamoaning o‘zi qatnashayotgan musobaqalarda o‘z oldiga eng yuqori maqsadlarni qo‘yganligi, qolaversa, namanganliklar tarkibida ko‘plab do‘stlarim to‘p tepishayotgani sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, menga begona bo‘lmagan murabbiy bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldim. Ayniqsa, jamoaning muxlislari ham yurtimizdagi eng yaxshi muxlislar armiyasi hisoblanishadi. Ular doimo stadionni to‘ldirib o‘tirishadi. Tomoshabinlar bilan to‘lgan stadionda futbol o‘ynash esa har bir futbolchiga zavq bag‘ishlaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillar sababli, bugun biz birgamiz.
Namanganga shunchaki futbol o‘ynagani kelmadim. «Navbahor» safida ko‘plab sovrinlar yutib, namanganlik muxlislarning qalbidan joy olish istagidaman», - dedi «lochinlar»ning yangi a’zosi Jasurbek Jaloliddinov.