O'zFHM mutaxassislari "Buxoro" jamoasi bilan uchrashdi
PFC BUKHARA ↗ ●●●●● Umumiy 👁 5

O'zFHM mutaxassislari "Buxoro" jamoasi bilan uchrashdi

⚽️ O’zFHM mutaxassislari “Buxoro” jamoasi a’zolari bilan uchrashdi.

Bugun 🔵 “Buxoro” futbol klubi qarorgohida O‘zbekiston futbol hakamlar markazi direktori Ma’mur Saidkasimov hamda mamlakat hakamligini rivojlantirish yo‘nalishida mas’ul etib tayinlangan Farhod Abdullayevlar tashrif buyurib, jamoa a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Ma’lumot o‘rnida, Farhod Abdullayev 2021–2026-yillar davomida Saudiya Arabistonida hakamlar departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. Endi esa u yurtimizga qaytib, O‘zbekistonda hakamlik tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish jarayonida mas’uliyatli vazifaga tayinlandi.

Uchrashuvda “Buxoro” klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda muxlislar ishtirok etdi. Suhbat davomida hakamlik va VAR tizimiga oid dolzarb masalalar ochiq muhokama qilindi, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Mutaxassislar tomonidan ekranda turli o‘yin epizodlari namoyish qilinib, ularning hakamlik nuqtayi nazaridan tahlili ham o‘tkazildi. Bu esa uchrashuvni oddiy muloqotdan ko‘ra amaliy va mazmunli tus olishiga xizmat qildi.

Shuningdek, endi klublar hakamlik bilan bog‘liq savol, taklif yoki tushunmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda maxsus platforma orqali murojaat qilishlari va tegishli mutaxassislardan javob olishlari mumkinligi ma’lum qilindi.

O‘zbekiston futbol hakamlar markazi vakillari klublar bilan bevosita muloqotlarni davom ettirishini, bildirilgan fikr va takliflar esa hakamlik tizimini takomillashtirish jarayonida inobatga olinishini ta’kidladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!