Nurmuhammad Abdug'aniyev O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi
FC NEFTCHI ↗ ●●●●● Umumiy 👁 17

Nurmuhammad Abdug'aniyev O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi

Nurmuhammad Abdug'aniyev — milliy terma jamoaga chaqirildi!

Neftchi klubining yosh himoyachisi Nurmuhammad Abdug'aniyev O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi!

2007-yilda tug'ilgan Nurmuhammad, qisqa vaqt ichida Neftchining asosiy jamoasida o'zini namoyon etib, murabbiylarning ishonchini qo'lga olmoqda.

Endi esa, yosh futbolchimizning faoliyatidagi yangi va muhim bosqichi — O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga chaqirilishi!

Qizilqum jamoasiga qarshi o'tgan o'yinida debyut qilgan himoyachimiz, bugun milliy terma jamoaning e'tiboriga tushdi.

Neftchi jamoasi, Nurmuhammadni bu chaqiriq bilan tabriklaydi. Yurtimiz sharafini muhofaza qilish yo'lidagi birinchi qadamingiz muborak bo'lsin, Nurmuhammad!

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!