Nurmuhammad Abdug'aniyev — milliy jamoada debyut!
"Neftchi" klubining 2007-yilda tavallud topgan yosh himoyachisi Nurmuhammad Abdug'aniyev O'zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qildi!
Qisqa vaqt ichida "Neftchi" asosiy jamoasidan joy olib, murabbiylar ishonchini qozongan Nurmuhammad faoliyatidagi navbatdagi muhim qadamni tashladi.
Yosh himoyachimiz avvalroq "Qizilqum"ga qarshi uchrashuvda "Neftchi" asosiy jamoasi safida debyut qilgan edi. Endi esa u mamlakat bosh jamoasi libosida ilk bor maydonga tushdi.
O'zbekiston — Suriya uchrashuvida Nurmuhammad Abdug'aniyev bahsning 86-daqiqasida maydonga tushib, milliy terma jamoadagi debyutini nishonladi.
Nurmuhammad, milliy jamoadagi ilk qadaming muborak! Yurtimiz sharafini himoya qilish yo'lidagi yangi bosqichingizda omad tilaymiz!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!