Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

FC Andijan — yangiliklari Umumiy

FC Andijan va bog'liq yangiliklar

Branko Chirich «Andijon»ni tark etdi

Branko Chirich «Andijon»ni tark etdi

«Andijon» klubida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bo'lib ishlagan Branko Chirich oilaviy sabablarga ko'ra jamoani tark etdi.

Joriy mavsum boshidan beri «Andijon» klubida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ishlab kelgan mutaxassis Branko Chirich o'z yurtiga qaytib ketdi.

U bilan tuzilgan mehnat shartnomasi esa o'zaro kelishuvga asosan bekor qilindi. Chirich oilaviy sabablarga ko'ra o'z ixtiyori bilan ketishni ma'qul ko'rdi.

Biz Brankoga jamoamizda olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!

Andijon FK moliyaviy qarzdorlik haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Andijon FK moliyaviy qarzdorlik haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Andijon futbol klubi Antaliyadagi yig'in davomida yuzaga kelgan moliyaviy majburiyatlar to'liq qoplanganini ma'lum qildi.

Andijon futbol klubi joriy yil qishki tayyorgarlik yig'ini hamda Turkiyaning Antaliya shahridagi DILAHAN TURIZM TAS.TIC.LTD.STI. kompaniyasi bilan bog'liq qarzdorlik haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Andijon futbol klubi mazkur holat yuzasidan shuni ma'lum qiladiki, jamoaning Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini davomida yuqorida nomi qayd etilgan kompaniya xizmatlaridan foydalanilgan va ushbu hamkorlik doirasida muayyan moliyaviy majburiyatlar mavjud bo'lgan.

Klub tomonidan allaqachon to'lovlar belgilangan tartibda to'liq qoplangan. Andijon futbol klubi o'z zimmasidagi moliyaviy majburiyatlarga mas'uliyat bilan yondashadi.

Shu munosabat bilan klub ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarni bir tomonlama talqin qilmaslikka, rasmiy manbalarga tayanib fikr bildirishga chaqiradi. Andijon futbol klubi hamkorlar bilan o'zaro hurmat, ishonch va mas'uliyat tamoyillariga amal qilgan holda o'z faoliyatini davom ettiradi. 👍

Andijon - Paxtakor uchrashuvi uchun chiptalar sotuvi boshlanadi

Andijon - Paxtakor uchrashuvi uchun chiptalar sotuvi boshlanadi

Superliganing 15-turi doirasidagi Andijon - Paxtakor uchrashuviga chiptalar sotuvi ertaga soat 09:30 dan boshlanadi.

1-avgust kuni Andijon shahridagi Bobur arenada Superliganing 15-turidan o'rin olgan Andijon va Paxtakor jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.

Ertaga soat 09:30 dan boshlab ushbu bellashuv uchun chiptalar stadionning rasmiy kassasida sotuvga chiqariladi.

Shuningdek, echipta_bot orqali sotuv jarayoni ham ertadan, 09:30 dan boshlanadi.

Barcha futbol muxlislarini 1-avgust kuni soat 19:30 da boshlanadigan Andijon - Paxtakor o'yiniga taklif qilamiz.

Andijon klubiga qo'yilgan transfer taqiqi olib tashlandi

Andijon klubiga qo'yilgan transfer taqiqi olib tashlandi

Andijon klubi sobiq legioner Altin Kreziu bilan bog'liq qarzdorlikni bartaraf etdi va FIFA tomonidan qo'yilgan transfer taqiqi olib tashlandi.

Ma'lumki, oxirgi paytlarda Andijon jamoamizga transfer qilish borasida taqiq qo'yilgani muxlislarni xavotirga tushishlariga sabab bo'lgandi.

Boisi, sobiq legioner Altin Kreziu bilan bog'liq vaziyat fonida aynan shunday holat yuzaga kelgandi.

Lekin klub rahbariyatining say-harakatlari evaziga mazkur qarzdorlik to'liq bartaraf etildi va FIFA tomonidan qo'yilgan taqiq olib tashlanganligini ma'lum qilamiz. 👍

Bog'liq yangiliklar

O‘zbekiston Ayollar kubogi: 1/4 final juftliklari ma’lum

O‘zbekiston Ayollar kubogi: 1/4 final juftliklari ma’lum

O‘zbekiston Ayollar kubogi 1/4 final bosqichiga qur’a tashlandi. Musobaqaning chorak final uchrashuvlari 15-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Ayollar kubogi 1/4 final bosqichiga qur’a tashlandi. 🏆

Uchrashuvlar 2026-yil 15-oktyabr sanasiga belgilangan.

Qur’a natijalariga ko‘ra, «Andijanka» jamoasi oliy liga ishtirokchisi «Qizilqum-W»ni qabul qiladi.

Sobir Pirnazarov «Andijon» murabbiylar shtabiga qo'shildi

Sobir Pirnazarov «Andijon» murabbiylar shtabiga qo'shildi

Tahlilchi murabbiy Sobir Pirnazarov «Andijon» klubi murabbiylar shtabida ish boshladi.

«Andijon» jamoasi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo'shildi. Tarkibini yanada shakllantirayotgan jamoa murabbiylar shtabini ham boyitib bormoqda.

Jumladan, tahlilchi murabbiy Sobir Pirnazarov «Andijon» klubida ish boshladi. Ushbu mutaxassis 1986-yilning 14-mart kuni Toshkentda tavallud topgan. Murabbiylik faoliyati davomida O'zbekiston U15, U16, U17, U20, U23 terma jamoalarida ishlagan. Shuningdek, «Olimpik» va «Qizilqum» klublarida ham tahlilchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Erishgan natijalari:
- 2022 — Toshkentda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 2-o'rin.
- 2023 — Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida 3-o'rin.
- 2023 — Argentinada o'tkazilgan 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi.
- 2024 — Qatarda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 2-o'rin.
- 2024 — Parij Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi.
- 2025 — 17 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionati g'olibi, Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati ishtirokchisi.

Ushbu mutaxassis jamoaning g'alabalariga o'z hissasini qo'shishiga umid qilamiz.