Kecha G'uzorda Superliganing 18-tur doirasida Muborakning “Mash'al” jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'yinda “Andijon” tarkibida maydonga tushgan 23 yoshli futbolchi Po'latxo'ja Xoldorxonov uchun bu uchrashuv yubileyga aylandi. ✅
Gap shundaki, Xoldorxonov Superligadagi 100-o'yinini o'tkazdi va yanada ahamiyatlisi, Po'latxo'ja yubiley uchrashuvda o'yin qahramoniga aylanib, bellashuv taqdirini hal qilgan yagona gol muallifiga aylandi.
Xoldorxonov mavsum boshidan beri “Andijon” tarkibidagi barcha o'yinlarda to'liq qatnashib kelayotgan futbolchi sanaladi.
U hozirga qadar jamoa safida Superligada 18 ta uchrashuvda maydonga tushib 2 ta gol urdi va 4 assistni amalga oshirdi. O'zbekiston Kubogida esa hozirgacha 3 ta bahsda qatnashib, 4 ta gol muallifiga aylandi. 👍
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!