"Andijon" jamoasi vakillariga "Buxoro" bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdagi vaziyatlar bo'yicha tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbariyati, Hakamlar qo‘mitasi rahbari, O‘zbekiston professional futbol ligasi vakillari hamda “Andijon” jamoasi vakillari ishtirokida Zoom platformasi orqali "Andijon" — "Buxoro" o'rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan vaziyatlar muhokama qilindi.
Muloqot davomida “Andijon” jamoasi tomonidan bildirilgan e’tirozlar va yuzaga kelgan savollar atroflicha ko‘rib chiqildi. Uchrashuv davomida sodir bo‘lgan 5 ta vaziyat tahlil qilinib, ularga oid tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, hakamlik faoliyatini tahlil qilish va klublar bilan hamkorlikni yanada takomillashtirish maqsadida elektron platformadan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur platforma orqali har bir jamoaga individual kirish huquqi taqdim etiladi.
Bu orqali klublar o‘z uchrashuvlarida yuzaga kelgan vaziyatlarni ko‘rish, ularni tahlil qilish hamda hakamlik qarorlari bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yangi tizim hakamlik faoliyatining shaffofligini oshirish, bahsli vaziyatlarga oydinlik kiritish va klublar bilan o‘zaro muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!