Andijon FK moliyaviy qarzdorlik haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
FC ANDIJON ↗ ●●●●● Umumiy 👁 23

Andijon FK moliyaviy qarzdorlik haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Andijon futbol klubi joriy yil qishki tayyorgarlik yig'ini hamda Turkiyaning Antaliya shahridagi DILAHAN TURIZM TAS.TIC.LTD.STI. kompaniyasi bilan bog'liq qarzdorlik haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Andijon futbol klubi mazkur holat yuzasidan shuni ma'lum qiladiki, jamoaning Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini davomida yuqorida nomi qayd etilgan kompaniya xizmatlaridan foydalanilgan va ushbu hamkorlik doirasida muayyan moliyaviy majburiyatlar mavjud bo'lgan.

Klub tomonidan allaqachon to'lovlar belgilangan tartibda to'liq qoplangan. Andijon futbol klubi o'z zimmasidagi moliyaviy majburiyatlarga mas'uliyat bilan yondashadi.

Shu munosabat bilan klub ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarni bir tomonlama talqin qilmaslikka, rasmiy manbalarga tayanib fikr bildirishga chaqiradi. Andijon futbol klubi hamkorlar bilan o'zaro hurmat, ishonch va mas'uliyat tamoyillariga amal qilgan holda o'z faoliyatini davom ettiradi. 👍

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!