#FIFA — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Ramon Vega FIFA prezidentligi uchun nomzodini qo'ymoqda

Ramon Vega FIFA prezidentligi uchun nomzodini qo'ymoqda

Tottenhamning sobiq himoyachisi Ramon Vega FIFA prezidentligi uchun saylovlarda qatnashishini ma'lum qildi.

"Tottenham"ning sobiq himoyachisi Ramon Vega kelasi yili bo'lib o'tadigan FIFA prezidentligi saylovlarida o'z nomzodini qo'yishini e'lon qildi:

"Men nomzodimni qo'ymoqdaman, chunki butun hayotim meni futbolga xizmat qilishga tayyorladi".
"Futbol doimo birinchi o'rinda bo'lishi kerak. Ammo juda uzoq vaqt davomida nizolar futbol oilamizni parchalab keldi".
"Men dunyo futbol oilasini birlashtirish, haqiqiy va uzoq muddatli islohotlarni amalga oshirish, FIFA'ni XXI asr talablariga moslashtirish, barqarorlik va obro'-e'tiborni qaytarish, shuningdek, o'yinimizga kerak bo'lgan ishonchni tiklash uchun saylovga bormoqdam".
"Bu xalq o'yini va u barchaga tegishli: futbolchilar, murabbiylar, hakamlar, muxlislar, ko'ngillilar, klublar, ligalar, assotsiatsiyalar va jamoalarga. U o'zini o'yinga bag'ishlagan har bir bolaga, butun bir millat umidini o'zida mujassam etgan har bir professionalga va ehtirosi futbolni butun dunyo o'yiniga aylantirgan milliardlab muxlislarga tegishli".
A Seriya qishki transfer oynasini 28-dekabrda ochishni rejalashtirmoqda

A Seriya qishki transfer oynasini 28-dekabrda ochishni rejalashtirmoqda

A Seriya klublari qishki transfer oynasini 28-dekabrda ochishni so'rashdi. Italiya futbol federatsiyasi tashabbusni ma'qulladi, endi FIFA ruxsati kutilmoqda.

Sky Italia xabariga ko'ra, A Seriya klublari qishki transfer oynasi boshlanishini 2027-yil 2-yanvardan 28-dekabrga ko'chirishni rasman so'rashdi.

Bunday qaror jamoalarning moliyaviy hisobotlari bilan bog'liq.

Tashabbus Italiya futbol federatsiyasi tomonidan ma'qullandi, biroq endi FIFAning yakuniy ruxsatini kutish kerak. Transfer oynasining yopilish sanasi o'zgarishsiz qolmoqda — 2027-yil 1-fevral.

Taqqoslash uchun: Ispaniyada transfer oynasi 3-yanvardan 2-fevralgacha, Turkiyada esa 31-dekabrdan 5-fevralgacha ochiq bo'ladi.

Arsen Venger FIFA'dagi mojaro yuzasidan bayonot berdi

Arsen Venger FIFA'dagi mojaro yuzasidan bayonot berdi

Arsen Venger FIFA'da Janni Infantino ishtirokidagi so'nggi mojaro yuzasidan o'z munosabatini bildirdi.

⚡️Arsen Venger FIFA'da Janni Infantino ishtirokidagi so'nggi mojaro yuzasidan bayonot bilan chiqdi:

FIFA'dagi so'nggi voqealar mendan ma'lum bir aniqlik kiritishni talab qilmoqda.

FIFA'da men futbolni global rivojlantirish rahbari hisoblanaman. Jamoam bilan birgalikda o'yin ma'lumotlarini tahlil qilish, FIFA onlayn o'quv markazi, eng zarur bo'lgan 60 ta mamlakatdagi 60 ta akademiya orqali yoshlar ta'limini rivojlantirish, shuningdek, butun dunyo bo'ylab yoshlar musobaqalarini nazorat qilaman.

Bundan tashqari, men IFAB texnik maslahatchisiman. Men ushbu strategik rejaga aloqador emas edim va loyiha haqida birinchi bo'lib ommaviy axborot vositalari orqali xabar topdim.

Loyiha to'xtatilishi to'g'risidagi qaror mutlaqo zarur edi va hech qanday shubha uyg'otmaydi, chunki men FIFA'ning mustaqilligiga qat'iy ishonaman, u bizning o'yinimizga sadoqat, shaffoflik va halollik bilan xizmat qiladi.
Rossiya klublariga futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqlanishi mumkin

Rossiya klublariga futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqlanishi mumkin

Rossiya klublariga futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqlanishi mumkin. FIFA talablari va Yevropada hisob raqami ochishdagi muammolar klublarni qiyin ahvolda qoldirdi.

Rossiyaning barcha futbol klublariga futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqlanishi xavfi yuzaga keldi. 14-iyul kuni FIFA "Axmat" klubini jazoladi va klub ushbu qaror ustidan CAS'ga shikoyat qilmoqchi. Biroq, yuzaga kelgan vaziyat butun Rossiya futboliga daxldordir.

Ilgari solidar to'lovlar to'g'ridan-to'g'ri klublarga o'tkazilardi. 2022-yil oxirida FIFA Fransiyada kliring kompaniyasini tashkil etdi va barcha to'lovlar shu orqali amalga oshirilishi kerak edi. Buning uchun esa u yerda hisob raqami ochish talab etiladi.

"Axmat" buni amalga oshirishga urindi, ammo ko'p marta rad javobini oldi. Natijada FIFA klubga taqiq qo'ydi. Endi xuddi shunday holat RPL va FNL'ning barcha klublariga tahdid solmoqda, chunki deyarli 4 yildan buyon ularning hech birida kerakli hisob raqamlari yo'q va solidar to'lovlar amalga oshirilmagan. Ustiga-ustak, jarimalar ham yig'ilib qolgan.

2022-yilgacha bu masalani sotuvchi bilan kelishib hal qilish mumkin edi. 2022-yildan keyin FIFA bu borada qat'iy talab qo'ymayotgandi, chunki hisob raqami ochishning iloji yo'qligini tushunishardi. Ammo 2026-yil 14-iyulda barchasi o'zgardi.

O'tgan hafta vaziyatdan xavotirda bo'lgan klublar umumiy yig'ilish o'tkazdi. RFS (Rossiya futbol ittifoqi) jahon chempionati yakunlangach, FIFA bilan bu masalani hal qilishga urinib ko'rishni va'da qildi. Agar bu umuman imkonli bo'lsa, albatta.

Gap faqat AQShning "Axmat"ga nisbatan sanksiyalarida emas, balki rossiyaliklarning Yevropada hisob raqami ochib, pul o'tkazish imkoniyati yo'qligida. Aks holda, ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yiladi va tarkiblar muzlatilib, futbolchilar transferi imkonsiz bo'lib qoladi.

Karp xabariga ko'ra, RPL starti arafasida potensial falokat yuzaga kelishi mumkin, chunki Rossiyada transfer oynasi 11-sentyabrgacha ochiq bo'lsa-da, undan foydalanishning iloji bo'lmasligi ehtimoli yuqori.
Andijon klubiga qo'yilgan transfer taqiqi olib tashlandi

Andijon klubiga qo'yilgan transfer taqiqi olib tashlandi

Andijon klubi sobiq legioner Altin Kreziu bilan bog'liq qarzdorlikni bartaraf etdi va FIFA tomonidan qo'yilgan transfer taqiqi olib tashlandi.

Ma'lumki, oxirgi paytlarda Andijon jamoamizga transfer qilish borasida taqiq qo'yilgani muxlislarni xavotirga tushishlariga sabab bo'lgandi.

Boisi, sobiq legioner Altin Kreziu bilan bog'liq vaziyat fonida aynan shunday holat yuzaga kelgandi.

Lekin klub rahbariyatining say-harakatlari evaziga mazkur qarzdorlik to'liq bartaraf etildi va FIFA tomonidan qo'yilgan taqiq olib tashlanganligini ma'lum qilamiz. 👍

O'ng ustun yangiliklari