#Santi Ovalye — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Rafinya «Barselona»da maoshi eng yuqori o'yinchilar qatoriga kirdi

Rafinya «Barselona»da maoshi eng yuqori o'yinchilar qatoriga kirdi

Santi Ovalye xabariga ko'ra, shartnomasi uzaytirilgan Rafinya «Barselona»da maoshi eng yuqori o'yinchilar qatoridan joy oldi.

🛑 Santi Ovalye: Shartnoma uzaytirilgandan so'ng, Rafinya «Barselona»da maoshi bo'yicha ikkinchi toifaga kirdi.

Eng ko'p maosh oluvchi futbolchi bo'lib Lamin Yamal qolmoqda, undan keyingi o'rinlarda Rodri va Rafinya bormoqda.

O'ng ustun yangiliklari

Rafinyaning jarohati «Barselona» rahbariyatini xavotirga solmoqda

Rafinyaning jarohati «Barselona» rahbariyatini xavotirga solmoqda

«Barselona» Rafinyaning navbatdagi jarohatidan norozi. Klub FIFAga xalqaro tanaffuslar muddatini qayta ko'rib chiqish taklifi bilan chiqdi.

Santi Ovalle (🌖): «Barsa»da xalqaro tanaffusdan keyin Rafinyaning navbatdagi jarohati sabab norozilik va hafsalasizlik kuzatilmoqda. Klubda bu uning o'yin uslubi ekanligini va buni o'zgartirib bo'lmasligini tushunishadi, ammo rahbariyatda shunday muhim o'yinchini yo'qotishdan norozilik hukm surmoqda.

Agar «Xetafe»ga qarshi o'yin jon saqlab qolish uchun hal qiluvchi bahs bo'lganida, Rafinya qaydnomaga kiritilgan bo'lardi. Xansi Flik hujumchining jarohatlar tarixini bilgan holda, undan ushbu haftadan o'zini tiklab olish uchun foydalanishni so'radi. Rafinya allaqachon maydonda va to'p bilan ishlashni boshlagan.

«Barsa» FIFA va tegishli organlarga tanaffus juda uzoq davom etganini va kelajakda buni qayta ko'rib chiqish kerakligini ma'lum qildi. Klubda ikki tanaffusni birga birlashtirish eng yaxshi g'oya emas deb hisoblashmoqda.

Rafinya kelasi mavsumda ham «Barselona» safida qoladi

Rafinya kelasi mavsumda ham «Barselona» safida qoladi

Santi Ovalye xabariga ko'ra, «Barselona» kelasi mavsumda Rafinyaga ishonch bildirmoqda va uning jamoadan ketishini kutmayapti.

Santi Ovalye xabariga ko'ra, «Barselona» kelasi mavsumda Rafinyaga ishonch bildirmoqda va uning jamoadan ketishini kutmayapti.

Braziliyalik futbolchi klubni o'zgartirish istagi borligi haqida hech qanday ishora bermagan, «Barselona» esa uning transferi bo'yicha hech qanday taklif qabul qilib olmagan.