Hansi Flik:
Balde jamoamizning bir qismi, u biz bilan qoladi. Maydonga tushadimi yoki yo'q, buni ertaga hal qilamiz. Men u bilan gaplashib oldim va eng muhimi — u o'zini 100% jamoamizga bag'ishlashi va jarayonga to'liq kirishishi kerak. U 22 yoshda, juda yosh va salohiyati juda yuqori.
Uning ilk mavsumi shunchaki fantastik o'tgandi. U o'sishga erishdi, lekin bundan ham yaxshiroq bo'lishi mumkin. U La Masiya tarbiyalanuvchisi va yuragida «Barsa» ranglari bor. Ammo endi uning vazifasi — har kuni astoydil mehnat qilish va o'z ustida ishlash.
Har yili La Masiyadan o'ynashni istaydigan 3-4 nafar futbolchi chiqadi. Ularning barchasi professional futbolga 100% diqqatini qaratishi va «Barsa» uchun bor kuchini berishi kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!