#Nossir al-Xelayfi — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Xavyer Tebas: Nasser Al-Xelayfiy FIFA prezidenti bo'lishga loyiq emas

Xavyer Tebas: Nasser Al-Xelayfiy FIFA prezidenti bo'lishga loyiq emas

La Liga prezidenti Xavyer Tebas Nasser Al-Xelayfiyning FIFA prezidenti bo'lish imkoniyatlari va uning futbolga bo'lgan qarashlarini keskin tanqid qildi.

Xavyer Tebas Nasser Al-Xelayfiy haqida fikr bildirdi:

Nasser Al-Xelayfiy FIFA prezidenti sifatida yomon rahbar bo'lardi.
Menga uning futbolga bo'lgan qarashlari yoqmaydi va u men intilayotgan Yevropa futboli modeliga mos kelmaydi.
Bundan tashqari, u 800 ta klubni o'z ichiga olgan Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) prezidenti hisoblanadi, ammo u mansub bo'lgan kichik guruhdan tashqari hech kim o'z fikrini bildirmaydi.
Shu sababli, u men qo'llab-quvvatlamaydigan elit modelni tasavvur qilmoqda.
PSJ Nike bilan hamkorlikni uzaytirdi

PSJ Nike bilan hamkorlikni uzaytirdi

PSJ Nike bilan 2037-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Yillik to'lovlar 100 million yevrogacha oshiriladi.

L'Equipe xabariga ko'ra, PSJ Nike kompaniyasi bilan hamkorlikni 2037-yilga qadar uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi. Avvalgi shartnoma 2032-yilga qadar mo'ljallangan edi. Endilikda yillik to'lovlar miqdori 60 million yevrodan 100 million yevroga oshiriladi. 🤝

Nossir birinchi marta Chempionlar ligasida g'alaba qozongach, darhol shartlar bo'yicha muzokaralarni boshlagan edi, ikkinchi g'alabadan keyin esa Nike kompaniyasida qarshilik ko'rsatish uchun hech qanday dalil qolmadi. 🙃

O'ng ustun yangiliklari

Mehdi Benatia «PSJ»ga o'tishi mumkinligi haqidagi gaplarga oydinlik kiritdi

Mehdi Benatia «PSJ»ga o'tishi mumkinligi haqidagi gaplarga oydinlik kiritdi

Mehdi Benatia «PSJ»ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi va Nasser Al-Xelayfi bilan munosabatlari haqida gapirdi.

Mehdi Benatia o'zining faoliyati va kelajagi borasida fikr bildirishda davom etmoqda. U o'zini himoya qilib, «Marsel»dagi faoliyati davomida bor kuchini berganini va De Dzerbini jamoaga olib kelish uning asosiy yutug'i ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, u «PSJ» haqidagi avvalgi so'zlariga ham to'xtalib o'tdi.

Mening o'tgan safargi so'zlarim «PSJ»ga o'tishimga ishora sifatida qabul qilindimi? Bu noto'g'ri talqin qilingan edi. Nasser bilan yaxshi munosabatdaman, shuning uchun agar bir necha yildan keyin u menga qo'ng'iroq qilsa va bu men uchun manfaatli bo'lsa, boraman. Men erkinman. Kimning oldida qarzdorman? Men «Marsel» manfaatlarini ko'zlab ishlashga harakat qildim. «PSJ» — bizning raqibimiz, xo'sh, nima bo'libdi? Biz professionallarmiz, ishlayapmiz. Men xohlagan narsamni qilaman. Gapimning mohiyati shunda edi, hech qanday ishora emas.
Noser Al-Xelayfiy FIFA prezidentligiga nomzod bo'lishi mumkin

Noser Al-Xelayfiy FIFA prezidentligiga nomzod bo'lishi mumkin

Noser Al-Xelayfiy FIFA prezidentligiga nomzod bo'lishi mumkin. Bu haqda Foot Mercato xabar bermoqda.

👑 Bir qator futbol assotsiatsiyalari, xususan UEFA tarkibidagilar Noser Al-Xelayfini FIFA prezidenti lavozimiga o'z nomzodini qo'yishga ko'ndirmoqchi.

📰 Foot Mercato xabariga ko'ra.